Tadbirda 1927-yilda ishlangan “Metropolis” ovozsiz filmi qayta ishlangan talqinda, rus tilidagi subtitrlar bilan va “Omnibus” ansamblining musiqiy jo‘rligida tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

“Metropolis” ovozsiz filmi 1927-yilda nemis ekspressionizmi uslubida rejissyor Frits Lang tomonidan suratga olingan. Film voqealari olis 2000-yildagi futuristik yirik shaharda bo‘lib o‘tadi. Unda hamma narsa bahaybat bo‘lib, 36 ming statist, 200 ming dona kostyum, 310 kun va 60 tundan iborat suratga olish ishlari hamda ulkan xarajatlar bilan ushbu film o‘z davrining eng qimmatlari sarasiga kiradi.

Ilk premyerasidan keyin ko‘p o‘tmasdan turli sabablarga ko‘ra ancha qisqartirilgach, uning asl talqini Ikkinchi Jahon urishidan keyin ko‘p yillar davomida yo‘qolgan deb hisoblangan. 2009-yilga kelib, Buenos-Ayres shahrida asl kinomahsulotning bir nusxasi qayta topiladi. 21-yanvar kuni Toshkentda namoyish etiladigan film o‘sha asl filmdan qirqib tashlangan va tasvir sifati ancha eskirgan sahnalar bilan qaytadan to‘ldirilgan.

“Metropolis” filmi butundunyo kino tarixining ilmiy-ommabop fantastika uslubidagi ilk filmlardan hisoblanadi. O‘sha vaqtgacha bo‘lgan robotlar, bir izli temir yo‘llar va videotelefon kabi texnologik ixtirolar bilan bir qatorda sun’iy inson yoki jami 500 ta model yordamida tasvirlangan va qavatlari soni 70 tagacha bo‘lgan osmono‘par binolarga ega utopik, bahaybat yirik shahar g‘oyasi ham o‘sha filmdan olingan.

“Metropolis” filmi bugungi kunda eskpressionistik film san’atining namunasi, kinochilik tarixining eng muhim asarlaridan biri va keyinchalik suratga olingan ko‘plab filmlarning ilhom manbasi sanaladi. U 2011-yilda birinchi kinofilm sifatida YUNESKOning Butunjahon hujjatlar merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Musiqa olamida boshqa ajoyib tadbirlar orqali tanilgan Toshkentning “Omnibus” ansambli Artyom Kim rahbarligida ushbu film uchun jami uchta aktdan (prelyudiya – interlyudiya – furiozo) iborat batamom yangicha musiqiy talqin yaratdi. Ushbu yangi kompozitsiya vositasida tomoshabinlar betakror loyihaga va musiqiy premyeraga guvoh bo‘ladi.

Tadbir Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyining 2-kinozalida bo‘lib o‘tadi va unga kirish bepul. Biletlar soat 17:30 dan boshlab Kino saroyiga kirish qismida tarqatiladi.