Toshkent kioskalarida “Pravda Vostoka” va “Xalq so‘zi” (jumladan, uning rus tilidagi versiyasi “Narodnoye slovo” ham) gazetalari narxlari, mutanosib ravishda, 350 so‘mdan 425 so‘mga (21 foiz) va 300 so‘mdan 400 so‘mga (33 foiz) oshgan.

Poytaxt hokimligining “Toshkent oqshomi” (“Vecherniy Tashkent”) gazetasi 400 so‘mdan 525 so‘mga yoki 31 foizga qimmatlashgan.

Xalq demokratik partiyasining “O‘zbekiston ovozi” (“Golos Uzbekistana”) nashri narxi endi 525 so‘mni tashkil etadi (+45 foiz).

Boshqa nashrlar narxlari ham oshirilgan. Shu bilan birga ko‘pgina gazetalar eski narxlarda sotilmoqda.

Bosma nashrlarni tarqatuvchi “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining “Gazeta.uz“ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, gazetalarning narxi nashrlar tahririyatlari tomonidan o‘rnatiladi.