Jahon

Ukraina Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi
Kecha, 18:23

Ukraina Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi

Ukraina qo‘shinlari Xarkov viloyatining shimolida Rossiya armiyasining hujumi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirdi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “bugungi kunda” Rossiyaning Xarkovni olish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

2023-yilning yozi so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi — tadqiqot
16 may 2024, 22:49

2023-yilning yozi so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi — tadqiqot

Shimoliy yarimsharda o‘tgan yilning yozi nafaqat zamonaviy ob-havo kuzatuvlari boshlanganidan beri, balki so‘nggi 2000-yildagi eng issig‘i bo‘ldi, bu daraxtlarning yillik halqalarini o‘rganish orqali aniqlandi.

Slovakiya bosh vazirining suiqasddan keyingi ahvoli barqaror, ammo jiddiy — Reuters
16 may 2024, 20:59

Slovakiya bosh vazirining suiqasddan keyingi ahvoli barqaror, ammo jiddiy — Reuters

Suiqasd uyushtirilgan Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso operatsiyadan keyin barqaror, ammo jiddiy ahvolda qolmoqda. Gumonlanuvchi 71 yoshli yozuvchi bo‘lib, u qotillikka urinishda ayblanmoqda.

“Chorshanba kunlari bo‘sh ekansan”. Bayden Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga sha’ma qildi
16 may 2024, 12:48

“Chorshanba kunlari bo‘sh ekansan”. Bayden Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga sha’ma qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden bo‘lajak saylovlardagi raqibi Donald Trampni teledebatga chaqirdi va uning sudlardan bo‘shamayotganiga, faqat chorshanba kunlari vaqti bo‘lishiga sha’ma qildi. Tramp debat bo‘yicha chorlovni qabul qildi. Bayden jamoasi debatlar oldindan ovoz berish boshlanishidan avval o‘tishini istamoqda.

Yaqin oylar Ukrainadagi urushda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin — NYT
15 may 2024, 21:18

Yaqin oylar Ukrainadagi urushda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin — NYT

Oq uy Rossiya Ukrainadagi urush trayektoriyasini o‘zgartirish uchun kuch olayotganidan xavotirda. Ular yaqin oylar tomonlar uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkinligini kutmoqda, deb yozdi New York Times.

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirildi
15 may 2024, 19:45

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirildi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi — unga hukumat majlisidan chiqqan payti o‘q uzildi. Siyosatchining ahvoli og‘ir, hujumchi qo‘lga olindi.

“Barcha moldovaliklar kabi yashayman” — Moldova prezidenti Mayya Sandu
15 may 2024, 17:24

“Barcha moldovaliklar kabi yashayman” — Moldova prezidenti Mayya Sandu

Moldova prezidenti Mayya Sandu rossiyalik jurnalist Yuriy Dudning “vDud” loyihasiga intervyu berdi. Suhbat davomida Sandu prezidentlik hayoti, Moldova korrupsiyani yengishga va Yevroittifoqqa kirishga qanday urinayotgani, Ukrainadagi urush, Rossiya bilan munosabatlar, senzura haqida fikr bildirdi.

Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi
15 may 2024, 15:31

Venesuela barcha muzliklarini yo‘qotgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi

Venesuela zamonaviy tarixda barcha muzliklarini yo‘qotgan birinchi davlatlardan biri bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi tufayli uning oxirgi muzligi — La Korona kutilganidan tezroq erib, muz maydoniga aylanib qoldi.

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini yakuniy o‘qishda qabul qildi
14 may 2024, 21:07

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasini yakuniy o‘qishda qabul qildi

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini yakuniy o‘qishda ma’qulladi. Hujjatga qarshi ommaviy noroziliklar qariyb bir oy davom etdi. G‘arb davlatlari ham rasmiylarni tanqid qildi.

Mumbayda reklama banneri qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi
14 may 2024, 15:37

Mumbayda reklama banneri qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda chang bo‘roni va jala vaqtida ulkan reklama banneri qulab tushdi, oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat vakillari 250 tonnalik bilbord noqonuniy ravishda o‘rnatilganini aytdi.

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi
13 may 2024, 20:34

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi

Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jarayon ikki oy davom etdi hamda mamlakat ichida va xorijda keng rezonansga sabab bo‘ldi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ
13 may 2024, 18:30

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ

O‘tgan oyda Ukraina havo mudofaasi kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan raketalarning atigi 30 foizini urib tushirdi, deb yozdi The Wall Street Journal. Ko‘rsatkich so‘nggi yarim yilda 46 foiz, undan avvalgi mos davrda 73 foiz bo‘lgan. Nashr mamlakatda Patriot tizimi uchun o‘q-dorilar tugayotganini qayd etdi.

Sergey Shoygu Rossiya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
13 may 2024, 10:57

Sergey Shoygu Rossiya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi

Sergey Shoygu 2012-yildan beri ishlab kelayotgan mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatilib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Putin, shuningdek, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Andrey Belousovni yangi mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif etdi.

Afg‘onistondagi sel oqibatida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
11 may 2024, 17:46

Afg‘onistondagi sel oqibatida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rdi. Uyidan ayrilgan oilalarga chodir, ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatilmoqda.

Apple tanqidlarga sabab bo‘lgan iPad reklamasi uchun uzr so‘radi
11 may 2024, 14:50

Apple tanqidlarga sabab bo‘lgan iPad reklamasi uchun uzr so‘radi

Apple yangi iPad mahsulotiga ishlangan reklamasi uchun uzr so‘radi. Videoda gidravlik press madaniyat va san’atga oid narsalarni parchalab yuborgani, o‘rnida esa yangi iPad paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Internet foydalanuvchilari buni “insoniyat san’ati va tajribasining yo‘q qilinishi namoyishi” deya qabul qildi.

Rossiya Xarkov viloyatiga yangi hujum boshladi. Nimalar ma’lum?
11 may 2024, 00:46

Rossiya Xarkov viloyatiga yangi hujum boshladi. Nimalar ma’lum?

Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyati shimolida mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga uringanini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, barcha hujumlar qaytarilgan, ammo janglar davom etmoqda. Chegaradagi qishloqlarda mahalliy aholini evakuatsiya qilish boshlandi.

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda
10 may 2024, 16:23

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda

Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.

“Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi — Emomali Rahmon
9 may 2024, 18:07

“Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘ldi — Emomali Rahmon

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.

Armaniston KXSHTni moliyalashtirishni to‘xtatdi
9 may 2024, 09:36

Armaniston KXSHTni moliyalashtirishni to‘xtatdi

Armaniston 2023-yil noyabrida qabul qilingan KXSHTning 2024-yil uchun budjeti haqidagi qarorga qo‘shilmaydi. Shunga qaramay, mamlakat tashkilotning a’zosi bo‘lib qoladi.

2024-yilning apreli kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
9 may 2024, 00:00

2024-yilning apreli kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘tgan aprel oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq aprel bo‘ldi, shuningdek, meteorologlar ketma-ket 11-oy harorat rekordini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting