«qatar» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
11 may 2024, 11:20

O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Elchi Ashraf Xodjayev Qatar ta’lim vaziri Busaina bint Ali An-Nuaymiy bilan uchrashdi. Ular Qatar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, ikki davlat maktab va OTMlari o‘rtasida almashinuv, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
3 may 2024, 15:25

O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qo‘shma qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda O‘zbekiston fuqarolarini Qatarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘zaro muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Prezident Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari muloqoti delegatlarini qabul qildi
15 aprel 2024, 19:14

Prezident Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari muloqoti delegatlarini qabul qildi

Prezident “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti yig‘ilishiga kelgan, jumladan, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘mon va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Dohadagi Dizayn biyennalesi. U nima va unda nimalarni tomosha qilish mumkin?
12 mart 2024, 15:39

Dohadagi Dizayn biyennalesi. U nima va unda nimalarni tomosha qilish mumkin?

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va boshqa xorijiy davlatlarning 100 dan ortiq dizaynerlarini birlashtirgan Design Dohaʼning asosiy ko‘rgazmalari bo‘yicha yo‘riqnoma.

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi bo‘ldi
11 fevral 2024, 15:53

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi bo‘ldi

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida
4 fevral 2024, 14:03

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida
4 fevral 2024, 13:44

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar penaltilar seriyasi uchun mashq qilmaganini bildirdi. Jaloliddin Masharipov muxlislardan kechirim so‘rab, jamoa jahon chempionatiga chiqa olishiga ishontirdi.

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida
2 fevral 2024, 18:56

“Qatarni xavotirga soladigan jihatlarimiz bor”. Srechko Katanets — O‘zbekistonning chorak finaldagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.

Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi
12 dekabr 2023, 09:37

Qatarda O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Dohada O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ochilish marosimi bo‘ldi. 2023-yil may oyida Toshkentda ushbu davlatning diplomatik vakolatxonasi ish boshlagandi.

O‘zbekiston prezidenti Qatarning sobiq bosh vazirini qabul qildi
7 noyabr 2023, 23:01

O‘zbekiston prezidenti Qatarning sobiq bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi
6 oktabr 2023, 15:11

Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etdi

O‘zbekiston fuqarolari endi Qatarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin. Bunda ulardan qaytish chiptasiga ega va xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan bo‘lishi talab etiladi. Iyunda O‘zbekiston ham xuddi shunday rejimni joriy qilgandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi
2 oktabr 2023, 21:02

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Dohada Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mamlakatlar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi.

Qatar kompaniyalari O‘zbekistonda qanday loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda?
2 oktabr 2023, 15:29

Qatar kompaniyalari O‘zbekistonda qanday loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda?

Shavkat Mirziyoyev Qatarda bir qator yirik kompaniya va tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Al Mirqab Capital xoldingi O‘zbekistonda logistika markazi, Nebras Power 1 GVt quvvatga ega shamol stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurishni rejalashtirmoqda.

Qatar O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomagistral qurishni rejalashtirmoqda
2 oktabr 2023, 10:24

Qatar O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomagistral qurishni rejalashtirmoqda

Qatarning eng yirik milliy xoldingi — Power International O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, tez orada mamlakatda o‘z ofisini ochishini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi
1 oktabr 2023, 10:43

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1−2-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Qatarda bo‘lib, u yerda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Doha shahrida EXPO 2023 ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etadi.

“Cho‘l ustidagi hashamat”. Qatar nimasi bilan mashhur?
15 sentabr 2023, 21:19 1

“Cho‘l ustidagi hashamat”. Qatar nimasi bilan mashhur?

Konditsionerli ko‘chalar, mashinistsiz metro, Safari, sun’iy Venetsiya shahri va albatta Qatar milliy muzeyi: “Gazeta.uz” muxbiri Mushtariy Oqboyeva O‘zbekistondan 40 marta kichikroq davlat — Qatar poytaxtiga sayohat qilib, “cho‘l ustidagi hashamat”ning e’tiborga molik maskanlarini fotokamera obyektiviga muhrladi.

O‘zbekiston Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qiladi
14 sentabr 2023, 10:05

O‘zbekiston Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qiladi

Prezident Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlash bo‘yicha qarorni qabul qildi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi
29 avgust 2023, 11:41

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi

Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi
9 iyun 2023, 16:31

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari — mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya bilan muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, ular Chirchiq shahridagi to‘qimachilik korxonasi va zirhli tank texnikalarini ta’mirlash zavodida bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni “keng qamrovli sheriklik” darajasiga ko‘tarmoqchi
6 iyun 2023, 14:59

O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni “keng qamrovli sheriklik” darajasiga ko‘tarmoqchi

O‘zbekiston prezidenti Samarqandda Qatar amiri bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “keng qamrovli sheriklik” darajasiga chiqishiga ishonch bildirdi. Davlatlar rahbarlari o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarini oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting