«o‘zbekneftgaz» tegli maqolalar


Axens Ai-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi
26 aprel 2024, 10:11

Axens Ai-80 benzini ishlab chiqarishni to‘xtatish uchun Buxoro NQIZni modernizatsiya qilishga yordam beradi

Fransiyaning Axens kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish doirasida qator qurilmalarni loyihalashtiradi. Loyiha “O‘zbekneftgaz”ga Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechib, 1 mln tonnadan ortiq Yevro-5 sinfidagi Ai-92 va Ai-95 benzinlarini ishlab chiqarishga o‘tish imkonini beradi.

“O‘zbekneftgaz” gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun yuzlab mln dollar sarmoya qilyapti, biroq qazib olish hajmi pasaymoqda
18 mart 2024, 15:18

“O‘zbekneftgaz” gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun yuzlab mln dollar sarmoya qilyapti, biroq qazib olish hajmi pasaymoqda

“O‘zbekneftgaz” 2024-yil oxirigacha 29,3 mlrd metr kub gaz qazib olish uchun gaz quduqlarini burg‘ilashga 320 mln dollardan ortiq, ularni ta’mirlashga 45 mln dollar sarflash va 79,6 mln dollarlik geologik qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda. Bu hajm avvalgi prognozlardan 4,8 mlrd kub metrga kam.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi oshdi
26 fevral 2024, 11:59

UNG Petro shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi oshdi

26-fevraldan UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini narxi 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha qimmatlashdi. Oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.

“Kredit reytingining tushirilishi biz uchun signal bo‘ldi” — “O‘zbekneftgaz” rahbari
5 yanvar 2024, 21:52

“Kredit reytingining tushirilishi biz uchun signal bo‘ldi” — “O‘zbekneftgaz” rahbari

“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov kompaniyaning kredit reytingi pasaygani va S&P xalqaro reyting agentligi prognozi yomonlashgani haqidagi savolga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaga “vaziyatni to‘g‘rilash” uchun signal bo‘ldi.

“Afg‘oniston bozoriga kirishimizni xohlamayotganlar juda ko‘p”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — dizel yonilg‘isi qaytarilgani haqida
27 avgust 2023, 12:18

“Afg‘oniston bozoriga kirishimizni xohlamayotganlar juda ko‘p”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — dizel yonilg‘isi qaytarilgani haqida

Afg‘oniston O‘zbekistonga dizel yonilg‘isini sifati yomonligi uchun qaytarmagan, dedi “O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov. Uning aytishicha, mahsulot Yevro-6 standartlariga javob beradi va Yevropa bozoriga eksport qilinmoqda. “O‘sha bozorga biz kirib borishimizni xohlamayotgan odamlar juda ko‘p”, — dedi u.

“O‘zbekneftgaz” 2023-yilda 32,3 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.
21 avgust 2023, 14:56

“O‘zbekneftgaz” 2023-yilda 32,3 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistondagi eng yirik gaz ishlab chiqaruvchi “O‘zbekneftgaz” 2023-yil uchun gaz qazib olish prognozini pasaytirish bo‘yicha o‘z prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi. Zaxiralarning qisqarishi hisobiga ishlab chiqario‘ hajmi 32,3 mlrd kub metrga yetishi kutilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi
6 aprel 2023, 12:27

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi

Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi
12 mart 2023, 00:34

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi

2019−2020 yillarda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi bo‘lgan Bahodirjon Sidiqov yana kompaniyaga rahbar bo‘ldi.

Buxoro neft bazasida 22 mlrd so‘mdan oshiq xato-kamchiliklar aniqlandi
16 fevral 2022, 11:41

Buxoro neft bazasida 22 mlrd so‘mdan oshiq xato-kamchiliklar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarda «Buxoro neft bazasi»da 22 mlrd 58 mln so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlandi. Holatlarning asosiy qismi bazaning sobiq bosh hisobchisi ishtirokida amalga oshirilgani aytilmoqda. Shuningdek, neft bazasida 5,5 mlrd so‘mlik manfaatlar to‘qnashuvi, qarindosh-urug‘chilik va 3,4 mlrd so‘mlik talon-taroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

O‘zbekneftgaz tizimidagi 64 ta kon hamda neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
25 yanvar 2022, 17:05

O‘zbekneftgaz tizimidagi 64 ta kon hamda neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda elektr enegriyasi o‘chishi ortidan «O‘zbekneftgaz» tizimidagi 64 ta konlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL») ham o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Hozirda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar mavjud emas.

«O‘zbekneftgaz» London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi
5 noyabr 2021, 12:14

«O‘zbekneftgaz» London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi

«O‘zbekneftgaz» noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.

«O‘zbekneftgaz» tizimida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlandi
23 iyun 2021, 16:23

«O‘zbekneftgaz» tizimida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» AJning boshqarmalari (zavod), korxona va neft bazalarida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta holatda qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlangan. Jumladan, korxonalardan biridagi bosh texnologning 5 ta qarindoshi qo‘l ostidagi asosiy ishlab chiqarish sexida ishlashi, boshqa bir energetikning 4 ta qarindoshi qo‘l ostidagi elektr ta’minot sexida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting