O‘zbek so‘mining evolyutsiyasi — foto
30 iyun 2021, 15:29

O‘zbek so‘mining evolyutsiyasi — foto

1994 yilda O‘zbekiston milliy valyutasi qabul qilingan. Shu yilda 1 dan 100 gacha bo‘lgan nominalda so‘m banknotalari muomalaga chiqarilgan. So‘nggi 5 yil ichida esa yana besh xil nominalda banknotalar joriy qilindi. «Gazeta.uz» o‘zbek so‘mining 1994 yildan keyin chiqarilgan barcha banknotlarini eslaydi.

Rishton kulolchilik markazi, lavanda dalasi va Marg‘ilon hunarmandlar markazidan fotoreportaj
24 iyun 2021, 12:15

Rishton kulolchilik markazi, lavanda dalasi va Marg‘ilon hunarmandlar markazidan fotoreportaj

Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishi doirasida delegatsiyalar a’zolari Qo‘qondagi turistik obyektlar bilan tanishdi. Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Rishton xalqaro kulolchilik markazi hamda Mehrigiyo salomatlik bog‘ining lavanda dalasi «Gazeta.uz» fotoreportajida.

“U soddadil, siyosatdan yiroq”. Dilruh Isomiddinova — qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda
19 iyun 2021, 09:00

“U soddadil, siyosatdan yiroq”. Dilruh Isomiddinova — qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda

“Qishloq hayoti faqat „chiroyli kadrlardan“ iborat emas”. Fotojurnalist Dilruh Isomiddinova qishloq ayolining hayoti haqida fotosuratlarda hikoya qiladi.

Yangi Andijon shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (foto)
18 iyun 2021, 15:42

Yangi Andijon shahri qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? (foto)

Qurilishining boshlanishida prezident ishtirok etgan Yangi Andijon shahrida kam qavatli binolar ustunlik qiladi, hovlilarida yashil maydonlar barpo etiladi. Bo‘lajak shaharning chizma va maketlari — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

Ko‘chmanchi fillar Xitoyda dam olmoqda (foto)
10 iyun 2021, 16:12

Ko‘chmanchi fillar Xitoyda dam olmoqda (foto)

2020 yilda 16 ta Osiyo fillari Xitoy janubidagi qo‘riqxonadan qochib ketgan edi. Kuni kecha uxlab yotgan hayvonlar Sian yaqinidagi o‘rmon qo‘nimida topildi.

«Delfinlar suhbati, optik illyuziyadagi orangutan, echkilar kurashi» — «Nature Photographer of the Year» tanlovi suratlari (foto)
6 iyun 2021, 15:07

«Delfinlar suhbati, optik illyuziyadagi orangutan, echkilar kurashi» — «Nature Photographer of the Year» tanlovi suratlari (foto)

Tabiat hodisalari va hayvonot dunyosi suratlari ishtirok etadigan «Nature Photographer of the Year 2021» foto-tanlovining natijalari e’lon qilindi. Bu yilgi tanlovda optik illyuziyadagi orangutan surati g‘olib bo‘ldi.

Fransiyalik «yo‘l jarrohi» — strit-art rassomi Ememem asarlari haqida (foto)
2 iyun 2021, 16:44

Fransiyalik «yo‘l jarrohi» — strit-art rassomi Ememem asarlari haqida (foto)

Lionda istiqomat qiluvchi strit-art rassomi Ememem shahardagi yo‘l va devorlarning buzilgan qismlariga san’at asarlari singari bo‘yoq berib, ajoyib naqshlar tushiradi. Bu orqali u mamlakat infratuzilmasining achinarli holatiga e’tibor qaratmoqda.

Marsda yiliga bir marta shakllanadigan noyob bulutlar suratlari e’lon qilindi
31 may 2021, 15:13

Marsda yiliga bir marta shakllanadigan noyob bulutlar suratlari e’lon qilindi

Curiosity marsoxodi Marsdagi bulutlarning rasmlarini e’lon qildi. «Erta» bulutlar deb nomlanuvchi mazkur bulutlar tarkibiy jihatdan Qizil sayyora uchun odatiy bulutlardan farq qiladi va quyosh botishida ko‘plab ranglar bilan porlaydi.

«Toshkent teleminorasining bayrog‘i yonib ketmagan». Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari — video
24 may 2021, 11:32

«Toshkent teleminorasining bayrog‘i yonib ketmagan». Toshkentdagi kuchli yomg‘ir oqibatlari — video

Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida shahar ko‘chalari suvga to‘ldi. Yomg‘ir suvi yo‘lovchi avtobuslari ichiga ham kirib ketgan. Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari yotoqxonasi ichiga yomg‘ir suvi o‘tib ketgani ham aytilmoqda. Shuningdek, Toshkent teleminorasini chaqmoq urdi.

Foto, video: O‘zbekistonda Hayit namozining o‘qilishi
13 may 2021, 16:03

Foto, video: O‘zbekistonda Hayit namozining o‘qilishi

Ramazon hayiti namozi munosabati bilan O‘zbekiston masjidlarda 2,5 mlndan ortiq kishi, shu jumladan Toshkent shahrida — qariyb 500 ming kishi to‘plandi. «Gazeta.uz» poytaxtdagi Minor masjididan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Urush yillarida bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi
9 may 2021, 09:00

Foto: Urush yillarida bolalarning O‘zbekistonga evakuatsiya qilinishi

Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga 1,5 milliondan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Ulardan 250 ming nafari bolalar edi. Toshkentdagi Shon-Sharaf muzeyining Ikkinchi jahon urushi bo‘limi va O‘zbekiston kinofotofonohujjatlar Milliy arxivi “Gazeta.uz” so‘roviga binoan urush yillarida bolalarning evakuatsiyasi aks etgan fotosuratlarni taqdim etishdi.

Foto. Toshkent tramvay yopilishidan oldin va keyin
1 may 2021, 09:00

Foto. Toshkent tramvay yopilishidan oldin va keyin

5 yil oldin Toshkent tramvayining 115 yillik tarixi o‘z nihoyasiga yetdi. Tramvay liniyalarining yopilishidan oldin poytaxt qanday ko‘rinishda edi va bugun ularning o‘rnida nimalar paydo bo‘lgan — “Gazeta.uz"ning maxsus fotojamlanmasida.

Foto: 1966 yil 26 apreldagi Toshkent zilzilasi
26 aprel 2021, 17:47

Foto: 1966 yil 26 apreldagi Toshkent zilzilasi

1966 yil 26 aprel kuni soat 5:23da Toshkentda katta vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentrining yuzasidagi silkinishlar kuchi 8 balldan oshgan. “Gazeta.uz” ofat qanday zarar yetkazganligi va poytaxtning tiklanishi haqidagi arxiv fotosuratlarini taqdim etadi.

«Toshkent namuna bo‘lishi kerak». Prezidentning poytaxtdagi ob’ektlarga tashrifidan fotoreportaj
25 aprel 2021, 15:59

«Toshkent namuna bo‘lishi kerak». Prezidentning poytaxtdagi ob’ektlarga tashrifidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni xorijiy mamlakatlar elchilarini qabul qilgach, Toshkentdagi bir qator ob’ektlar, jumladan, Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi va Texnoparkdagi yangi korxonalarni borib ko‘rdi. Undan keyin esa Yashnobod tumanidagi Parvoz mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. «Toshkent namuna bo‘lishi kerak», — dedi prezident. «Gazeta.uz» fotoreportaji.

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto
13 aprel 2021, 12:07

O‘zbekistonda taroveh namozlari boshlandi — foto

O‘zbekistonda taroveh namozlarining o‘qilishi boshlandi. Toshkentdagi «Hazrati Imom» jome masjidida boshlangan taroveh namozlaridan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlari e’lon qilindi
2 aprel 2021, 12:29

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlari e’lon qilindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohi suratlarini taqdim qildi. Maskan ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi (foto)
1 aprel 2021, 12:12

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlandi (foto)

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni boshlandi. «Gazeta.uz» Mirobod tumanidagi 1-sonli poliklinikada bo‘lib, vaksinatsiya jarayonini kuzatdi. Bu yerda birinchi bo‘lib bosh shifokor emlandi. Fuqarolar AstraZeneca va xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAS2001 vaksinalaridan birini tanlashlari mumkin.

“Fotosurat — bu mening xotiram”. Janna Shatalina — ko‘cha fotosuratlarining rangi va ma’nosi haqida
31 mart 2021, 12:26

“Fotosurat — bu mening xotiram”. Janna Shatalina — ko‘cha fotosuratlarining rangi va ma’nosi haqida

“Biz ko‘p narsalarni bilmaymiz va kundalik hayotda ko‘rmaymiz”. Havaskor fotosuratchi Janna Shatalina fotosuratlar, ranglar va tarix haqidagi tasavvurlari haqida so‘zlaydi.

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi
21 mart 2021, 12:15

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi

Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishiga oid fotosuratlarni taqdim etadi.

O‘zbekiston hududlari Mirzohid Shavkatov kamerasida
9 mart 2021, 09:00

O‘zbekiston hududlari Mirzohid Shavkatov kamerasida

Mirzohid Shavkatov bir necha yil davomida mamlakatning turli xil hududlarida o‘zbekistonliklarning hayotini suratga olgan. Shaharlar uning yodida qanday qolganligi va Toshkent, Navoiy va Nukus shaharlarining umumiy jihatlari haqida “Gazeta.uz” uchun fotolar jamlanmasida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting