Istanbulda O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi — reportaj
21 dekabr 2021, 11:23

Istanbulda O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi — reportaj

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston yoshlari forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning turli shaharlaridagi universitetlarda tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar, tadqiqotchilar va faol yoshlar o‘z taklif va loyihalari bilan ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev bilan jonli muloqot ham o‘tkazildi. «Gazeta.uz» forumdan reportaj tayyorladi.

Avtomobil durdonalari — Damir Bakirov obyektivida
9 dekabr 2021, 12:40

Avtomobil durdonalari — Damir Bakirov obyektivida

Marketologlar emas, muhandislar tomonidan loyihalashtirilgan noyob avtomobilni suratga olish dizayner va avtomobillar ishqibozi Damir Bakirov uchun katta topilma. “Gazeta.uz” fotosuratchining eng sara ishlarini to‘plab, uning o‘z “qahramon"larini qanday tanlashini bilib oldi.

Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar ishtirokidagi spektakl namoyish etildi — foto
6 dekabr 2021, 18:03

Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar ishtirokidagi spektakl namoyish etildi — foto

5 dekabr kuni Karlar madaniyat saroyida eshitishida nuqsoni bo‘lgan aktyorlar tomonidan «O‘zbekistonning oilaviy an’analari» nomli spektakl ijro etildi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade spektakl haqidagi taasurotlari bilan bo‘lishib, «bugun men o‘zimni ortiqcha inson sifatida his qilmadim, ular ham jamiyatdan xuddi shunday munosabatni kutishadi», dedi.

Toshkent viloyatida GES qurish uchun Pskom daryosi yo‘li yopildi — fotoreportaj
25 noyabr 2021, 17:09

Toshkent viloyatida GES qurish uchun Pskom daryosi yo‘li yopildi — fotoreportaj

Bo‘stonliq tumanida «Pskom GES»ning to‘g‘onini qurish uchun daryo yo‘li yopildi. Endilikda Pskom daryosi suvi yer osti tunneli orqali o‘tkaziladi. GES loyihasi 2026 yilda to‘liq foydalanishga topshiriladi va yiliga 946 mln kVt soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Pskom daryosi yo‘lini to‘sishga bag‘ishlangan tadbirdan «Gazeta.uz» fotoreportaji.

Surxondaryoda «Zarchob-2» kichik GES ishga tushirildi — fotoreportaj
20 noyabr 2021, 17:12

Surxondaryoda «Zarchob-2» kichik GES ishga tushirildi — fotoreportaj

Surxondaryo viloyatida «Zarchob-2» kichik GESni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Stansiya 40 ming aholini elektr energiya bilan ta’minlash quvvatiga ega. «O‘zbekgidroenergo» raisi Abdug‘ani Sanginov kelgusida yana 2 ta loyiha — To‘palang va Mizop-Kishtut stansiyalarini ishga tushirish orqali daryo suvidan 5 marotaba foydalanish mumkinligini ta’kidladi.

Foto: «Yovvoyi tabiatning komik surati 2021» g‘oliblari
18 noyabr 2021, 16:42

Foto: «Yovvoyi tabiatning komik surati 2021» g‘oliblari

Har yili o‘tkaziladigan yovvoyi hayvonlarning kulgili holatlari aks etgan fotosuratlar tanlovi natijalari e’lon qilindi. «Xalq tanlovi» mukofoti boshiga barg urilgan kaptar suratiga berildi. Boshqa g‘oliblar fotosuratlarini taqdim etamiz.

Foto: Toshkentdagi birinchi qor
17 noyabr 2021, 11:22

Foto: Toshkentdagi birinchi qor

Toshkentda birinchi qor yog‘moqda. Erta tongdan yog‘gan qor loy qatlami bilan qoplangani kuzatilmoqda. Keyinroq u yana oq tus olib, kuchaydi. Daraxtlar shoxlari namlikning og‘irligi tufayli ba’zi joylarda qulab tushdi. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxt bo‘ylab sayr qildi.

obyektivdagi ekologik muammolar: 2021 yilning eng yaxshi fotosuratlari
14 noyabr 2021, 08:00

obyektivdagi ekologik muammolar: 2021 yilning eng yaxshi fotosuratlari

Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha COP26 sammitida «Eng yaxshi atrof-muhit fotosuratchisi 2021» tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Unda nafaqat iqlim o‘zgarishi muammolari, balki insoniyatning og‘ir sharoitlarda omon qolish masalasi ham ko‘tariladi. Tanlovning eng qiziqarli fotosuratlarini taqdim etamiz.

Foto: Toshkentda kuz
10 noyabr 2021, 17:30

Foto: Toshkentda kuz

Toshkentda oltin kuz fasli o‘z nihoyasiga yetmoqda. oktabr va noyabr oylarining rang-barang manzaralari — “Gazeta.uz” fotojamlanmasida.

Foto: Uchinchi Samarkand Half Marathon qanday o‘tdi?
9 noyabr 2021, 11:38

Foto: Uchinchi Samarkand Half Marathon qanday o‘tdi?

O‘zbekistonda uchinchi marta Samarkand Half Marathon xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi. 21 km masofada eng yaxshi natijani erkaklar o‘rtasida surxondaryolik Shohrux Davlatov, ayollar orasida esa qirg‘izistonlik Gulshanoy Sattorova qayd etdi. Marafonda jami 2175 sportchi ishtirok etdi, bu 2019 yildagi yarimmarafonga qaraganda qariyb ikki baravarga ko‘p degani.

Fotoreportaj: Toshkentda changli tuman. Ikkinchi kun
5 noyabr 2021, 21:40

Fotoreportaj: Toshkentda changli tuman. Ikkinchi kun

Payshanba kuni Toshkentni qoplagan chang-qumli tuman hali ham tarqalgani yo‘q va prognozlarga ko‘ra, yaqin kunlarda ham davom etadi. “Gazeta.uz” muxbiri poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi binolari, Amir Temur haykali va boshqa joylarni suratga oldi.

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent
5 noyabr 2021, 12:42

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent

Toshkentga qumli tuman olib kelgan shamol to‘xtadi, ammo chang havoda saqlanib turmoqda. Poytaxt ko‘chalari sariq rangga burkangan. Noodatiy ob-havo hodisasi haqidagi fotoreportaj — «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi
5 noyabr 2021, 00:43

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi

Toshkent ko‘chalari va ulardagi obyektlar ustini chang qopladi. U kiyimlarga ham o‘tirib qolmoqda, qolaversa, binolar ichida ham sezilayapti. Poytaxtdagi chang-qumli tumandan fotoreportaj.

Foto: O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari
27 oktabr 2021, 09:03

Foto: O‘zbekistonning ko‘p asrlik daraxtlari

O‘zbekiston hududida yoshi 100 va undan katta bo‘lgan 4600 dan ortiq daraxt bor. Eng keksa daraxtlar qaysi hududlarda o‘sadi va poytaxtdagi uzoq umr ko‘ruvchilarining ayrimlari qanday ko‘rinishga ega — “Gazeta.uz” fotomaterialida.

Foto, video: Toshkentda saylov kuni
24 oktabr 2021, 15:28

Foto, video: Toshkentda saylov kuni

Toshkentda O‘zbekiston prezidenti saylovi kuni qanday o‘tmoqda — «Gazeta.uz» muxbirlari obyektivida.

Foto: Toshkent saylovdan oldin
19 oktabr 2021, 18:13

Foto: Toshkent saylovdan oldin

Kelayotgan yakshanba, 24 oktabr kuni prezident saylovi o‘tkaziladi. Saylovdan oldingi poytaxt qiyofasi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.

Foto: Knyaz Romanovning saroyi
7 oktabr 2021, 17:40

Foto: Knyaz Romanovning saroyi

Yaqin yillarda Toshkent markazidagi knyaz Romanovning saroyi va unga tutash bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochiq bo‘ladi. U ko‘p yillardan buyon odamlar tashrifi uchun yopiq edi. Saroy intereri va fasadining ko‘rinishi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

50:50:50. Yevgeniy Sorochinning shahardagi tong fotoloyihasi
19 sentabr 2021, 14:28

50:50:50. Yevgeniy Sorochinning shahardagi tong fotoloyihasi

Roppa-rosa bir yil oldin “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin karantin paytidagi Toshkent tongi haqidagi loyihasini yakunladi. U 50 kun davomida shaharni tong otar payti 50 mm obyektivda suratga oldi. Loyihaning g‘oyasi va shahar bir yil ichida qanday o‘zgargani haqida bizning fotomaterialimizda.

Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi
15 sentabr 2021, 14:09

Foto: O‘zbekiston delegatsiyasining toliblar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi

14 sentabr kuni O‘zbekiston afg‘on xalqiga 25 ta vagonda zarur mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. O‘zbekiston delagatsiyasi «Tolibon» vakillari bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Dron yordamida olingan eng yaxshi fotosuratlar e’lon qilindi
15 sentabr 2021, 12:23

Dron yordamida olingan eng yaxshi fotosuratlar e’lon qilindi

Har yili o‘tkaziladigan aerosuratlar (havoda olingan suratlar) bo‘yicha Drone Photo Awards xalqaro tanlovining natijalari e’lon qilindi. Tanlovda «Shahar», «Tabiat», «Odamlar», «Yovvoyi dunyo», «To‘y» singari turli kategoriyalar mavjud. «Gazeta.uz» har bir kategoriyadan bir nechta suratlarni taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting