Futzal bo‘yicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi.

Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo‘yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadi.

24 ta ishtirokchi davlat: Angola, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kuba, Fransiya, Gvatemala, Qozog‘iston, Liviya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Portugaliya (amaldagi g‘olib), Ispaniya, Ukraina, O‘zbekiston (mezbon sifatida), Venesuela va OFKdan yana 4 jamoa (ularning nomi 28-aprelgacha ma’lum bo‘ladi).

Davlatlar jami oltita guruhga bo‘linadi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so‘ng guruhdan chiqqan 16 ta jamoa chorak final, yarim final, uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yinlarida ishtirok etadi.

Guruh bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 26-may kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.