Toshkent shahri Shayhontoxur tumanida 17-aprel kuni 5 ta mashina to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda shahar IIBB YHXB matbuot xizmati.

YTH soat 23:30 larda Furqat ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Nexia 3, Nexia 2, Moskvitch 412, Tracker 2, Monza ishtirokida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.