Singapur bosh vaziri Li Syan Lun 15-may kuni o‘z lavozimini tark etadi. U mamlakat prezidentiga o‘z o‘rni uchun bosh vazir o‘rinbosari hamda moliya vaziri Lorens Vongni taklif qildi. Bu haqda 15-aprel kuni bosh vazir devoni tomonidan e’lon qilingan bayonotda ma’lum qilindi.

“Men 15-maydan bosh vazir lavozimini tark etaman va shu kuniyoq Lorens Vong keyingi bosh vazir sifatida qasamyod qiladi. Barcha singapurliklardan Lorens va uning jamoasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini, shuningdek, Singapurning porloq kelajagini yaratishda birgalikda ishlashlarini so‘rayman”, — deya yozdi Lun X ijtimoiy tarmog‘ida.

Reuters agentligining qayd etishicha, Singapurda hokimiyat almashganidan bir necha oy o‘tib, parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Vong avvalgi bosh vazir iste’foga chiqqach, 2022-yilda bo‘lajak bosh vazir etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Li Syan Lun (72 yosh) birinchi bosh vazir, mustaqil Singapur Respublikasining “asoschisi” Li Kuan Yuning to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi. U 2004-yildan buyon mamlakat bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.