26-martda ochilgan “Oziq-ovqatlar mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari — UzFood 2024” 23-xalqaro ko‘rgazmasining yakuniy kuni 28-martga to‘g‘ri keladi. Ko‘rgazma tashkil qilingan barcha kunlarda Rossiya poytaxtidagi 16 ta ishlab chiqaruvchining mahsulotlari bilan Made in Moscow stendida tanishish imkoni bo‘ldi.

made in moscow, реклама

Stend ishtirochkilari tarkibini Moskva tadbirkorlik va innovatsion rivojlanish departamenti nazorati ostidagi Eksport markazi (MEM) tuzdi. Moskva eksport markazining bosh direktori Vitaliy Stepanov ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Moskva ishlab chiqaruvchilarining yuqori sifatli va foydali mahsulotlariga a’lo darajada baho berishlariga ishonchi komilligini ta’kidlab o‘tdi.

made in moscow, реклама

“Moskva Rossiya mintaqalari orasida O‘zbekistonga eksport bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. 2023-yilning o‘zida poytaxtning O‘zbekistonga xomashyo va energetika aloqasi bo‘lmagan eksporti 46 foizga oshdi. O‘zbekistoning jadal rivojolanayotgan bozori tadbirkorlarimizni o‘ziga jalb qilmoqda. Biz buni MEM mamlakatlarimiz biznesi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun tashkil etayotgan biznes tadbirlarida faol ishtirok etishidan ko‘rmoqdamiz. 150 ga yaqin Moskva kompaniyalari o‘zbekistonlik sheriklar bilan biznes missiyalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishdi, hamda ishonchim komilki, Moskva eksport kompaniyalari o‘zbek bozorida kashf etayotgan istiqbollari tufayli ularning soni yana oshadi”, — dedi Moskva esport markaz direktori Vitaliy Stepanov.

Moskva stendining ko‘plab ishtirokchilari o‘zlarini tajribali eksportchilar sifatida namoyon qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular orasida mahsulotlarini Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qirg‘izistonga eksport qiluvchi, gazlangan ichimliklar ishlab chiqaruvchi “Nyu Enerdji Drinks” MCHJ ham bor.

made in moscow, реклама

“Bizning iste’molchilarga takliflarimiz ko‘p va UzFood 2024 ko‘rgazmasida biz mahsulotlarimizning bir nechta turlarini, jumladan gazlangan ichimliklarimizning taqdim etdik. Biz MEM homiyligidagi ko‘rgazmalarda avval ham ishtirok etganmiz va bu har doim biznesimiz uchun ijobiy natijalar bergan”, — deya ta’kidladi kompaniyaning savdo bo‘limi rahbari Andrey Gorojanov.

“Zlaki na zavtrak” MCHJdan Mätti batonlari, bo‘tqa va nonushta yormalari Rossiyadan tashqarida keng tanilgan — ular Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Belarus, Gruziya va Xitoyga eksport qilinadi. Pinch&Drop brendi ostida “Faktor Vkusa” MCHJ o‘z siroplari va qo‘shimchalarini Belarus, Qozog‘iston va Armanistonga sotadi. Serbiya, Qozog‘iston va Moldova oziq-ovqat ishlab chiqarish obyektlari “Potok Inter” MCHJning “Potok” havo dezinfeksiyasi uchun innovatsion qurilmalari bilan jihozlagan.

made in moscow, реклама

“Kefir-Group” MCHJ uch yildan buyon o‘z mahsulotlarini Qozog‘istonga yetkazib bermoqda va kompaniyaning brend menejeri Olga Kobelevaning aytishicha, 2023-yil oxirida kompaniya O‘zbekiston bozoriga kirdi.

“Biz UzFood ko‘rgazmasida o‘simlik asosidagi turli formatdagi o‘zimizning qattiq va yumshoq sariyog‘larimizni, shuningdek, eritilgan ghi, quyultirilgan sut, mayonez va chiz kremini taqdim etdik. O‘zbekiston bozori o‘sib bormoqda va hali Rossiya mahsulotlari ko‘p taqdim qilinmagan. Biz uchun bu bozor istiqbolli va tushunarlidir va biz bu yerda distribyutorlar, vakillar, ulgurji sotuvchilar va bozorlar orqali eksportni rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya o‘rtoqlashdi Olga Kobeleva.

2021-yildan beri Qozog‘istonda namoyish etilayotgan O‘zbekiston distribyutorlari va tarmoqlari hamda “Ozzi Grup” kompaniyasi bilan ishlash qiziq, UzFood 2024 ko‘rgazmasida esa Ozzy Frozzy brendining ikkita liniyasi — sovet klassik limonadi va tabiiy ekstraktlar hamda tabiiy ekstraktlar va tropik mevalar sharbatlaridan tayyorlangan yuqori sifatli gazlangan ichimliklar taqdim etildi.

made in moscow, реклама

Made in Moscow stendining bir qancha qatnashchilari chet el bozorida o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. Stendga tashrif buyuruvchilar “Prandiya Lab” MCHJning sog‘lom turmush tarzi mahsulotlari, “Ko end Fe” MCHJning elita navli va xushbo‘y qahvalari, shuningdek, “Profi.Bio” ilmiy tadqiqoti instituti MCHJ ishlanmalari bilan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi. “Profi.Bio” oziq-ovqat sanoati uchun ingrediyentlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Sayt: moscow-export.com
Telegram: t.me/moscowexport

Reklama huquqlari asosida.