WBA (Jahon boks assotsiatsiyasi) yo‘nalishida birinchi o‘rta vazn (69,9 kg gacha) bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov Toshkentga qaytib keldi. Payshanba kuni poytaxt aeroportida u tantanali kutib olindi.

Marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Boks federatsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov, sportchilar, muxlislar va ommaviy axborot vositalari qatnashdi.

Isroil Madrimovga “Prezident sovg‘asi” yozuvi tushirilgan Chevrolet Tahoe avtomobili kaliti topshirildi. Bugungi kunda Tahoe`ning chegirmali narxi 1,039 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov 8-mart kuni Saudiya Arabistonida WBA chempionligi uchun avval mag‘lub bo‘lmagan rossiyalik bokschi Magomed Qurbonov ustidan muddatidan avval g‘alaba qozongandi.

tahoe, boks, исроил мадримов, президент sovg‘asi

tahoe, boks, исроил мадримов, президент sovg‘asi