E-auksion savdo platformasida Toshkent markazidagi Amir Temur maydoni yaqinida joylashgan ikkita ma’muriy bino bo‘yicha savdolar yakunlandi. Spot ikkita davlat mulki bir kompaniya tomonidan 387 mlrd so‘mga sotib olinganiga e’tibor qaratdi.

Ikkala auksion 4-aprel kuni bo‘lib o‘tdi va bitta taklifdan keyin yakunlandi. “Aloqabank” bosh idorasi binosi 10 daqiqa 44 soniyada 317,14 mlrd so‘mга sotildi, bu lotning boshlang‘ich bahosidan (302 mlrd so‘m) 5 foizga ko‘pdir.

e-auksion, auksion, рақаmли texnologiyalar vazirligi, хuсuсийлаштириш

Eng yuqori narx taklifi Black Gold Industry News tomonidan berildi. 9 soniyadan so‘ng u Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi uchun ikkinchi kim oshdi savdosida ham g‘olib chiqdi. Bu ko‘rsatkich ham dastlabkisidan 5 foizga oshib, 69,85 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Yagona korporativ ma’lumotlar portali ma’lumotlariga ko‘ra, 3-aprel kuni — kim oshdi savdosidan bir kun avval “Aloqabank” ushbu kompaniyaga 15 yil muddatga 14 foiz stavkada 390 mlrd so‘m kredit ajratgan. Bu bank aktivlarining 20,4 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,9 foizni tashkil qilgan.

Bankni sotish bo‘yicha kim oshdi savdosi shartlarida “Aloqabank” tomonidan ko‘chmas mulk sotib olish uchun 7−10 yil muddatga 16 foiz stavkada kredit ajratishi mumkinligi qayd etildi. O‘z navbatida, AKT vazirligi binosini sotib olish uchun bunday shartlar belgilanmagan.

KTYADR ma’lumotlariga ko‘ra, Black Gold Industry News 2022-yil 31-yanvarda Samarqandda ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav kapitali 8 mln so‘m bo‘lgan korxonaning asosiy faoliyati tog‘-kon sanoatidir. Yagona asoschisi va rahbari Ziyodullo Ilyosiddin o‘g‘li Jalolovdir.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi birinchi marta AKT vazirligi (o‘sha paytda — Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi) joylashgan binoni 2022-yil aprel oyida kimoshdi savdosiga qo‘ygan edi. Uch qavatli binoning umumiy maydoni 3666 kv.m bo‘lib, bino va unga tutash hududlar davlat tomonidan 66,52 mlrd so‘mga sotuvga qo‘yilgan edi.

Xuddi shu majmuada vazirlik bilan yonma-yon joylashgan “Aloqabank”ning bosh idorasi o‘sha yilning noyabr oyida kimoshdi savdosiga qo‘yilib, eng qimmat lotga aylandi. 2013-yilda qurilgan, maydoni 7345 kv. m bo‘lgan bino xaridorga mebel va ofis jihozlari bilan birga taklif etilgan, deb yozadi Spot.

2021-yilda Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga ko‘chib o‘tishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Bunday ko‘rsatma prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil dekabr oyida berilgan edi.

Vazirlik, bank va boshqa tashkilotlar joylashgan uch qavatli bino 2012-yilda buzilgan “Poytaxt” mehmonxonasi va Toshkent o‘qituvchilar seminariyasining sobiq cherkovi (1898-yilda qurilgan) o‘rnida qurilgan.