«korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi» tegli maqolalar


Uylarda fotoelektr tizimini o‘rnatish tender savdolarisiz amalga oshirilgan
15 noyabr 2020, 15:31

Uylarda fotoelektr tizimini o‘rnatish tender savdolarisiz amalga oshirilgan

Antikorrupsiya agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent va Namangan viloyatlarida qurilayotgan uylarga quyosh fotoelektr tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha pudratchilarni tanlashda qoidabuzilish holatlarini aniqladi. «Qishloq qurilish invest»ning pudratchi tashkilotlar bilan tuzgan qo‘shimcha kelishuvlari bekor qilindi.

Davlat xizmatchilarining «sovg‘a» olishi qonun bilan taqiqlanishi mumkin
13 oktabr 2020, 15:20

Davlat xizmatchilarining «sovg‘a» olishi qonun bilan taqiqlanishi mumkin

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi qonun loyihasiga «Sovg‘a siyosati» deb nomlangan alohida bob kiritiladi. Qolaversa, Davlat xizmatchilarining odob-ahloq kodeksi ham ishlab chiqiladi.

Parkent tumani hokimligi Captiva sotib olgani yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi
21 sentabr 2020, 10:27

Parkent tumani hokimligi Captiva sotib olgani yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li tasischi bo‘lgan kompaniyadan Captiva avtomobili xarid qilgan. Toshkent viloyati matbuot xizmatining tushuntirishicha, kompaniya mashina hokimlikka 2019 yilda topshirgan, lekin hokimiyatda yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi bois pul o‘tkazmalarini keyinroq amalga oshirishga rozilik bergan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.

Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi
15 iyul 2020, 11:01

Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi

«Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. «Gazeta.uz» ning hukumatdagi manbasi xabar berishicha, u «Yuksalish» umummilliy harakati raisi lavozimini tark etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting