Chexiyadagi yengil atletika bo‘yicha xotira turnirida Darya Reznichenko uzunlikka sakrash bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev endi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi. Unga qadar mazkur lavozimda Aziz Abduhakimov faoliyat yurtigan.
Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Fransiyada 2021/22 yilgi futbol mavsumi yakunlandi. Premer ligada oxirgi besh yilda «Manchester Siti» to‘rtincha marta chempionlikni nishonlagan bo‘lsa, «Real Madrid» 35-bor La ligani yutdi. Italiyada esa «Milan» 11 yil deganda A seriya g‘olibiga aylandi. Bundesliga va Liga 1da «Bavariya» va PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qilib bo‘lishgan edi. UEFA chempionlar ligasining keyingi mavsumida kim ishtirok etadi va qaysi jamoa oliy divizion bilan xayrlashdi — «Gazeta.uz» maqolasida.
O‘zbekistonda biror sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi, deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda. «Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», — dedi u.
O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Shavkat Mirziyoyev yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish borasidagi yondashuvlar o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Buxoro tajribasi asosida — yaxshi natijaga erishgan yosh sportchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi va ular maxsus guruhlarda bepul o‘qitiladi, sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi.
Boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu o‘zbek boks maktabi tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarda qo‘lga kiritilgan ilk medallardir.
FIFAning maxsus turnesi doirasida O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi. 6 iyun kuni o‘tkaziladigan taqdimot doirasida futbol yulduzlari — Kristian Karambyo va Karles Puyolning ishtirok etishi kutilyapti.
Germaniyaning «Ayntraxt Frankfurt» va Shotlandiyaning «Reyndjers» jamoalari o‘rtasida kechgan Yevropa ligasi final o‘yinida nemis klubi g‘alaba qozondi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1, penaltilar seriyasida 5:4 hisobi qayd etildi.
Xitoy pandemiya bilan bog‘liq xavotirli vaziyat tufayli futbol bo‘yicha Osiyo kubogi-2023 musobaqasiga mezbonlik qila olmasligini ma’lum qildi. Musobaqaning yangi mezboni yaqin kunlarda aniqlanadi.
Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilar ro‘yxatida Lionel Messi yetakchilik qilmoqda. U o‘tgan 12 oy ichida umumiy hisobda 990 mln dollardan ko‘proq daromad olgan atletlar o‘ntalagida eng daromadli (130 mln dollar) sportchi bo‘lib turibdi. Messidan keyin Lebron Jeyms (121,2 mln dollar) va Krishtianu Ronaldu (115 mln dollar) joy olgan.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda marafon yugurish ommalashib bormoqda. Yugurish bilan oldin shug‘ullanmaganlar birdaniga uzoq masofani zabt etolmasliklari mumkin. Marafonga tayyorlanishni nimadan boshlash kerak? Qulay sport kiyimlari qanday bo‘ladi? Uzoq masofaga yugurganda ovqatlanish va suv ichishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Marafonning inson organizmi uchun qanday foydali tomonlari bor? Tavsiyalar.
UEFA 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab yangicha ko‘rinishda o‘tkaziladigan klub musobaqalari formati va saralash sxemasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Chempionlar ligasida ishtirokchilar soni 32 tadan 36 taga oshiriladi. Shuningdek, guruh bosqichi o‘rniga 36 ta klubdan iborat yagona liga tashkil etiladi.
Gretsiyadagi og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
Gretsiyada bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida Sharofiddin Amriddinov -102 kg vazn toifasida g‘alaba qozondi.
Oksana Chusovitina 2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qildi. U hozirga qadar Olimpiya o‘yinlarida 8 marotaba ishtirok etgan.
O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov AQShda meksikalik Kristian Gomesni mag‘lub etdi va vakant bo‘lgan IBF North American chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov AQShda kubalik Manuel Korrea ustidan ikkinchi raundda muddatidan avval g‘alaba qozondi.
10−25 sentabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilishi rejalashtirilgan XIX Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari mamlakatdagi COVID-19 bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat tufayli bir yilga kechiktirildi.
UEFA Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Liverpul» klubi Ispaniyaning «Real Madrid» klubiga qarshi maydonga tushadi. Final o‘yini 28 may kuni Parijdagi «Stad-de-Frans» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Umida Omonova Gretsiyadagi shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham rapid, ham blits bo‘yicha g‘alaba qozonib, musobaqani ikkita oltin bilan tugatdi. Humoyun Bekmurodov esa «Open12» guruhida ikkala yo‘nalishda ham kumush medali sohibi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting