«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi
5 iyul 2021, 08:36

«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.

“Zarafshon Milliy tabiat bog‘i”da yong‘in sodir bo‘ldi
4 iyul 2021, 18:46

“Zarafshon Milliy tabiat bog‘i"da yong‘in sodir bo‘ldi

Jomboy tumanidagi “Zarafshon Milliy tabiat bog‘i"ning 1,5 gektar maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in olti soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirildi. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
4 iyul 2021, 16:41

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

“El-klassiko"ning bo‘lib o‘tadigan sanalari, JCH saralash uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi, Jaloliddin Masharipovning “An Nassr” jamoasiga qaytishi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

Jazirama issiqdan qanday saqlanish mumkin?
4 iyul 2021, 15:44

Jazirama issiqdan qanday saqlanish mumkin?

SSV quyosh urganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Issiqdan saqlanish uchun havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan, tanaga yopishmaydigan kiyimlarni kiyish kerakligi aytildi. FVV eng issiq vaqt — 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.

O‘zbekistonda anomal issiq kutilayotgani yuzasidan hukumat shoshilinch choralar ko‘rishga kirishdi
4 iyul 2021, 15:07

O‘zbekistonda anomal issiq kutilayotgani yuzasidan hukumat shoshilinch choralar ko‘rishga kirishdi

O‘zbekiston hukumati iyul oyining birinchi yarmida mamlakatga issiq havo oqimi kirib kelishi munosabati bilan shoshilinch choralar ko‘rishga kirishdi. Unga ko‘ra, aholi gavjum joylarda vaqtinchalik tibbiyot punktlarini tashkil etish, daryo va ko‘llar, aholi dam olish maskanlarida xavfsizlik masalalarini kuchaytirish, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash zarur.

O‘zbekiston 43,4 mln dollarga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qildi
4 iyul 2021, 12:30

O‘zbekiston 43,4 mln dollarga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qildi

O‘zbekiston yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko‘p.

Bo‘stonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
4 iyul 2021, 12:16

Bo‘stonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ot sportiga ixtisoslashgan MCHJga ajratilgan 25,4 gektar yer maydonini 1 mln. 500 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirgan shahs qo‘lga olindi. Shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Namangan viloyatining Kosonsoy va Farg‘ona viloyatining Quva tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Yevro-2020. Musobaqaning ½ final juftliklari aniqlandi
4 iyul 2021, 10:48

Yevro-2020. Musobaqaning ½ final juftliklari aniqlandi

Yevropa chempionatining chorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi va yarim final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Yarim final o‘yinlari 6 va 7 iyul kunlari o‘tkaziladi.

3 iyul kuni O‘zbekistonda 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 467 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi
4 iyul 2021, 10:33

3 iyul kuni O‘zbekistonda 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 467 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Kecha O‘zbekistonda 467 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 360 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi
4 iyul 2021, 10:21

Koronavirusga qarshi emlangan talabalarga kontrakt to‘lovida 10%lik chegirma beriladi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 18 yoshdan katta bo‘lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi. Shuningdek, vaksinatsiya qilingan to‘lov kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga 2021−2022 o‘quv yili uchun bazaviy to‘lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.

Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi, avvalroq u niqobsiz ko‘rinish bergan edi
3 iyul 2021, 21:00

Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi, avvalroq u niqobsiz ko‘rinish bergan edi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovda koronavirus aniqlangani sababli u davolanish uchun Toshkentga jo‘nab ketdi. Bir hafta avval viloyat rahbari niqobsiz ko‘rinish berib, Buxoro aholisi bilan qo‘l berib ko‘rishgandi.

O‘zbekiston AQShning Odam savdosi to‘g‘risidagi hisobotidagi o‘rnini yaxshiladi
3 iyul 2021, 19:30

O‘zbekiston AQShning Odam savdosi to‘g‘risidagi hisobotidagi o‘rnini yaxshiladi

AQSh Davlat departamenti Odam savdosi to‘g‘risidagi yangi hisobotida O‘zbekistonni ikkinchi toifaga (Tier 2) kiritdi. Ushbu toifaga AQShning odam savdosi qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining minimal talablariga to‘liq rioya etmayotgan, biroq jiddiy choralarni ko‘rayotgan davlatlar kiritiladi. O‘tgan yili mamlakatda odam savdosi bilan bog‘liq 93 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi». Senat raisi — yangi tashkil etilgan qo‘mita faoliyati haqida
3 iyul 2021, 15:47

«Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi». Senat raisi — yangi tashkil etilgan qo‘mita faoliyati haqida

Yuqori palata raisi jurnalistlar bilan uchrashuvda davlat idoralari 100 foiz ochildi deb ayta olmasligi, ularning voqea va hodisalar yuzasidan darhol munosabat bildirishi talab darajasida emasligini qayd etdi. «Ijro organi hech qachon o‘z aybini o‘zi aytmaydi. Shuning uchun, parlament nazorati organi sifatida bizda yangi qo‘mita tashkil qilindi», — dedi u.

Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
3 iyul 2021, 14:52

Abdulaziz Kamilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonda AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar afg‘on mojarosi hamda mintaqada tez muddatlarda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashuvchi choralarni muhokama qilishgan.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov televideniyedagi jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi
3 iyul 2021, 12:34

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov televideniyedagi jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning sessiyasida jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.

«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva
3 iyul 2021, 12:30

«OAVlarni ishiga aralashib, u noto‘g‘ri, bu to‘g‘ri deyish davlatning ishi emas» — Tanzila Narbayeva

Senat raisi jurnalistlar uchrashuvda davlat idora va tashkilotlari mansabdorlari senzura o‘rnatishi, OAV ishiga to‘sqinlik qilishi, tazyiq va bosim o‘tkazishiga qarshi javobgarlik yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi. «Sizlarni faoliyatingizga aralashishga, ko‘rsatma, yo‘nalish berishga hech kimning haqqi yo‘q», — dedi u.

Zangiotada 2 ming kishilik kasalxonada 2,5 mingdan ortiq koronavirus bemori davolanmoqda
3 iyul 2021, 12:23

Zangiotada 2 ming kishilik kasalxonada 2,5 mingdan ortiq koronavirus bemori davolanmoqda

Zangiotadagi koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bemorlar bilan to‘ldi. 2 ming kishiga mo‘ljallangan kasalxonada ayni vaqtda 2550 nafar bemor davolanmoqda.

2 iyul kuni O‘zbekistonda 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 482 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi
3 iyul 2021, 11:36

2 iyul kuni O‘zbekistonda 3 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 482 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Kecha O‘zbekistonda 482 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Nima uchun kovidga qarshi ommaviy emlash klinik sinovlar yakuniga yetmasdan boshlandi?
3 iyul 2021, 10:35

Nima uchun kovidga qarshi ommaviy emlash klinik sinovlar yakuniga yetmasdan boshlandi?

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdikulova «Gazeta.uz»ga nima sababdan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetmasdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborilgani hamda pereparatning samaradorligi qay darajada ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Nima tayyorlaymiz: sovuq desertlar
3 iyul 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: sovuq desertlar

«Oreo» va tvorogli tortlar, «Kartoshka» pirojniysi, shokoladli muss va chizkeyk — Zira.uz pishirishni talab etmaydigan sovuq desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting