Toshkent hayvonot bog‘ida 2024-yilgi vasiylik dasturi ochildi, deya xabar bermoqda bog‘ ma’muriyati.

Vasiy kim va u nimalar qilishi kerak?

Vasiy bo‘lgan shaxs hayvonlarning yashash sharoitlarini yaxshilashda ishtirok etadi va bu orqali jonzotlarning bog‘dagi turmush darajasini yaxshilashga xissa qo‘shadi.

Xohlovchilar zooparkka borib, hayvonni tanlaydi va oylik pulni aniq nimaga o‘tkazishini kelishib oladi. Misol uchun ular korpusni yaxshilash, uni rekonstruksiya qilish, hayvonlar o‘yinlari uchun asboblar, yog‘ochdan yasalgan attraksionlar, davolash, oziq-ovqat (masalan, dengiz baliqlariga dengiz mahsulotlari kerak — qizil baliq, qisqichbaqalar va boshqalar, sudralib yuruvchilar uchun maxsus vitamin komplekslari) va hokazolar bo‘lishi mumkin.

Har qanday hayvon qaramoqqa olinganidan so‘ng vasiyga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • vasiylik davrida vasiy shaxs va uning oilasi uchun Toshkent hayvonot bog‘iga bepul tashrif buyurish;
  • tanlangan jonivorning qafasini brendlash;
  • bog‘ veb sayti va ijtimoiy tarmoqlarda vasiy brendini eslatib o‘tish;
  • tashkilotning tanlangan jonivoriga g‘amxo‘rlik qilish fakti haqida ta’lim, ko‘ngilochar tadbirlar va PR aksiyalarni o‘tkazish.

Ikki tomonlama kelishuv natijalaridan keyin hayvonot bog‘i va vasiy o‘rtasida shartnoma tuziladi. Ushbu dastur 2023-yilning noyabr oyida ham bo‘lib o‘tgan.

Ma’muriyatning eslatishicha, hayvonlarni vasiylikka olish dunyoning ko‘plab hayvonot bog‘larida amalga oshiriladi. Ҳайвонлар zooparkda qoladi, ularni hech kim uyiga olib ketmaydi.

Batafsil ma’lumot yoki xizmatdan foydalanish uchun hayvonot bog‘iga qo‘ng‘iroq qilish (97 773 84 73, 99 818 12 78) yoki elektron pochta (info@tashkentzoo.uz) orqali yozish mumkin.