Aprel oyi o‘rtalarida Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, deb xabar bermoqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi.

Samarqandlik fuqaro R.K. (1971-yilda tug‘ilgan) Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashab, ish faoliyatida bo‘lgan. U ish joyida zinadan yiqilib tushib, hushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.

Konsulxonaning yozishicha, hozirda uning jasadi kasalxonaning morg bo‘limida. Tashkilot marhumning qarindoshlari va tanishlaridan zudlik bilan (+212) 323 20 37, (+212) 323 20 36 telefon raqamlariga murojaat qilishni so‘radi.

Avvalroq Istanbul viloyatida Instagram uchun video olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 22 yoshli vatandoshini otib qo‘ygandi. U bosh qismidan olgan jarohati sabab vafot etgan.