24-aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Kipr va Chilining O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilib olindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kiprning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Kipros Yorgallis bilan TIV rahbari Baxtiyor Saidov uchrashdi.

Kipros Yorgallis va Baxtiyor Saidov.Kipros Yorgallis va Baxtiyor Saidov.

кипрос йоргаллис, эдуардо эскобар, элчилар, кипр, чили

“O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi muntazam muloqot tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarimizga, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlaydi”, — deb yozadi Saidov.

Shuningdek, Chilining yangi elchisi Eduardo Eskobarning ham ishonch yorliqlari qabul qilindi.

“Suhbat chog‘ida o‘zaro munosabatlarimizni faollashtirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, parlamentlararo muloqot, qo‘shma savdo komissiyalari va hamkorlikning boshqa yangi shakllarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladik”, — deya ta’kidladi vazir.