Energetika vazirligi agar 1-maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qilishini ma’lum qildi.

2018-yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga ko‘ra, tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

Demak, 1-mayga qadar to‘lov qilgan haqdor abonentlarga 2 oy muddat mobaynida eski tarif qoidalari amal qiladi. Ammo bu faqat ijtimoiy norma doirasidagi iste’mol hajmiga — 100 kubometr gaz va 200 kVt/soat elektr energiyasiga tegishli. Agar ushbu hajmlar oshib ketgan bo‘lsa, ikki baravar tarif qo‘llaniladi.

Masalan, siz elektr energiyasi uchun 30-aprel sanasida 1 mln 100 ming so‘m to‘lasangiz va may oyida 1000 kVt/soat elektr energiyasi yoqsangiz, shaxsiy hisob raqamingizdan 200 kVt/soat uchun 59 ming so‘m (295 so‘mdan), 800 kVt/soat uchun esa 472 ming so‘m (590 so‘mdan), jami 531 ming so‘m yechib olinadi. Iyun oyida ham xuddi shu tartib davom etadi.

Agar siz 1-may kuni yoki ushbu sanadan keyin gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshirsangiz, yangi tarif, shu jumladan, maygacha ishlatilgan resurslardagi qarz uchun ham qo‘llaniladi.

Tariflar qanday o‘zgaradi?

Eslatib o‘tamiz, 1-maydan boshlab 1 kubometr gazning bazaviy (ijtimoiy me’yor doirasida) narxi 380 so‘mdan 650 so‘mga yoki 71 foizga oshadi. 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi 295 so‘mdan 450 so‘mga yoki 52,5 foizga oshadi. 2025-yil 1-apreldan gaz va elektr energiyasi tariflarining yangi oshirilishi kutilmoqda.

“Gazeta.uz” oshirilgan tariflar bo‘yicha gaz va elektr energiyasi xarajatlari qanday o‘zgarishini hisoblab chiqqandi. Quyida oshirilgan tariflar qanday qo‘llanilishini tushuntiruvchi infografika mavjud.

Yaqinlashtirish uchun bosingYaqinlashtirish uchun bosing

”gaz,