5−9-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

Gidrometeorologiya xizmati agentligiga ko‘ra, bu ogohlantirish Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari), shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumaniga taalluqli.

Avvalroq ham O‘zgidromet 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar Toshkent va Namangan viloyatlarining bir qator hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qilgandi.