Midori Xonda boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Parij-2024 Olimpiada o‘yinlariga saralash bosqichining hal qiluvchi uchinchi bosqichiga yo‘l oldi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

1-noyabr kuni Toshkentdagi “Milliy” stadionida Hindistonga qarshi bo‘lib o‘tgan so‘nggi tur uchrashuvida futbolchilar saralashning keyingi bosqichiga yo‘l olishlari uchun g‘alaba qozonishlari shart edi. O‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, “S” guruhidan ikkinchi o‘rinni egalladi, gollarga Nilufar Qudratova (2-daqiqada) va Lyudmila Karachik (50-, 82-daqiqalarda) mualliflik qildi.

Bungacha terma jamoa Vetnamni mag‘lub etgan (1:0) va Yaponiyaga imkoniyatni boy bergandi (0:2).

олимпиада, futbol

Avstraliya, Shimoliy Koreya, Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari saralashning hal qiluvchi bosqichiga chiqdi. Reglamentga ko‘ra, “S” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoa “A” guruhi g‘olibi Avstraliya bilan, Shimoliy Koreya terma jamoasi esa Yaponiya bilan to‘qnash keladi.

2024-yil 24−28-fevral kunlari uy va safar o‘yinlarida o‘z juftliklarida g‘olib chiqqan ikki jamoa 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Statistika

олимпиада, futbol

Video

Foto