Erkin kurash bo‘yicha ikki nafar mo‘g‘ul murabbiysi Olimpiada-2016 o‘yinlari vaqtida sportga xos bo‘lmagan harakatlari sababli uch yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Mutaxassislarning xalqaro musobaqalardan chetlatilishiga mo‘g‘ul kurashchisi Chanyador Ganzorig va O‘zbekiston vakili Ixtiyor Navro‘zov o‘rtasidagi O‘yinlar bronza medali uchun kechgan jang tugashi bilan sodir etilgan harakatlar sabab bo‘ldi.

Bellashuv yakunlanishiga 10 soniya qolganida 7:6 hisobida yutayotgan Mo‘g‘uliston kurashchisi qo‘llarini silkitib, raqibidan qochgancha g‘alabani nishonlashga kirishib ketdi. Jangda g‘oliblik Ganzogir nomiga yozilgan edi, ammo O‘zbekiston murabbiylar shtabi hakamga e’tiroz bildirdi va Navro‘zovga ball qo‘shib berildi — 7:7.

Yakunda g‘oliblik o‘zbek sportchisining nomiga yozilganidan norozi bo‘lgan Mo‘g‘uliston termasining ikki murabbiysi liboslarini yechib, ularni hakamlar jamoasi qarshisida yerga uloqtirishdi.

The Guardian nashriing Xalqaro kurash federatsiyasi maktubiga tayanib xabar berishicha, diskvalifikatsiyadan tashqari, Mo‘g‘uliston milliy federatsiyasi 50,6 ming dollar miqdorida jarimiga tortilgan.

Video