Tadbir Fond Forum va mazkur musobaqa o‘tkaziladigan “Forum yunior sport” bolalar sport majmuasi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Fond Forum matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yil turnirda nafaqat poytaxt, balki viloyat sport klublarining “qor uchqunlari” ham qatnashadilar.

2005-yilda Fond Forum tomonidan ochilgan “Forum yunior sport” majmui bilan faoliyat boshlagan “Qor uchquni” turniri O‘zbekistonda badiiy gimnastikani rivojlantirish va ommalashtirish, trenerlar o‘rtasida do‘stona aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashish, eng yaxshi guruh va sportchi qizlarni aniqlash, sport mahoratini va gimnastika bellashuv tajribasini oshirish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan.

Musobaqada O‘zbekistonning sport klublari va tashkilotlarining guruhlari qatnashadi. Qatnashchilar yoshi 5 va 11 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Chiqishlar xalqaro kategoriyadagi hay’at a’zolari va yetakchi trenerlar tomonidan baholanadi.

“Forum yunior sport” bolalar sport majmui bolalarni hayotning sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirishga yordam berib boradi hamda ularning shu sohadagi muvaffaqiyatlarini kuzatib boradi va yosh salohiyatli sportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sport majmuasida samarali sport mashg‘ulotlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sport tarbiyachilari esa mamlakatdagi va jahondagi turli musobaqa hamda turnirlarida yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Bugungi kunda badiiy gimnastika, ushu va boshqa sport turlari bo‘yicha professional trenerlar rahbarligi ostidagi majmuada 200 dan ortiq bolalar shug‘ullanmoqda.