Toshkentning Eski shahari aholisi qahratonni qanday o‘tkazmoqda?
Eski shaharning “Xast Imom” mahallasi poytaxtdagi eng ko‘hna uylar joylashgan hududlardan. Bu yerda somon-suvoq uylarni, ba’zi xonadonlarda cho‘yan pechlarni uchratish mumkin. Sovuqlar boshlangach, “Xast Imom”da gaz bosimi pasaydi. Aholi qahratonni qanday o‘tkazyapti – Madina A’zamning fotoreportaji shu haqda.
Eski shaharning “Xast Imom” mahallasi poytaxtdagi eng ko‘hna uylar joylashgan hududlardan. Bu yerda somon-suvoq uylarni, ba’zi xonadonlarda cho‘yan pechlarni uchratish mumkin. Sovuqlar boshlangach, “Xast Imom”da gaz bosimi pasaydi. Aholi qahratonni qanday o‘tkazyapti – Madina A’zamning fotoreportaji shu haqda.
“Xast Imom” Toshkentdagi eng ko‘hna mahallalardan biri. Uning tuzilishi va arxitekturasi O‘zbekiston madaniyati uchun muhim ahamiyatga ega. Biroq, tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, hududdagi murakkab maishiy ahvol (og‘ir turmush sharoitlari) eski mahallalar aholisini, ayniqsa, yoshlarni bu yerlardan ketishga tobora ko‘proq undamoqda.

“Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam 10-yanvar kuni “Xast Imom” mahallasida bo‘lib, aholi qahraton qishni qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqdi.
Eski shahardagi deyarli barcha uylarning derazalari polietilen plyonka bilan o‘rab chiqilgan. Ba’zi derazalarga esa, xonalarga sovuq kirmasligi uchun, adyollar ham yopib qo‘yilgan.
Ayrim uylarda cho‘yan pechlar saqlanib qolganini ko‘rish mumkin. Odamlarning aytishicha, uylar aynan shu pechlar sharofati bilan issiq. Pechlar shunday qurilganki, unda suv isitish va hatto taom tayyorlash mumkin.
Mahalladagi ko‘chalardan birining boshida joylashgan uylarda gaz bosimini yuqori deb bo‘lmaydi, shunga qaramay xonadon egalari shu olovda ham bemalol ovqat tayyorlay olyapti.
Ko‘cha bo‘ylab ichkari kiraverar ekansiz, pechlardagi olov ham pasayib boraveradi. 100 metrdan so‘ng u hatto isitmay ham qo‘yadi.
Eski shaharlik Xatira Xolmirzayevaning aytishicha, gaz bosimi odatda sovuqlar boshlanishi bilan pasayib ketadi. Shu sababli xonalar sovuq, butun xonadon ahli shamollagan.

“Bizda faqat bitta elektr pech bor. U bilan hamma xonalarni isitib bo‘lmaydi. Shuning uchun biz bitta xonada ham ovqatlanamiz, ham uxlaymiz, ham televizor ko‘ramiz”, - deydi ayol.
Elektr radiator – uydagi yagona issiqlik manbai. Dekabr oyida kuzatilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar vaqtida bu xonadondagilarga ayniqsa og‘ir bo‘lgan.

“Hozir svetni o‘chirishmayapti. Agar o‘chirib qo‘yishsa, bizda uyimizni isitishning boshqa chorasi yo‘q”, - deya qo‘shimcha qildi Xatira Xolmirzayeva.
реклама
реклама
“Bugun ertalabdan gaz bosimi juda past, - deydi shu mahallalik boshqa bir ayol, Nasiba Islomova. – Ovqat tayyorlashga 3-4 soatcha vaqtim ketdi. Hatto choy qaynatib bo‘lmayapti, shuning uchun elektr choynakdan foydalanyapman, ovqatni esa hovlidagi o‘choqda pishiryapman. Rostini aytsam, bugun o‘choqda qurilish materiallarimizni yoqishga to‘g‘ri keldi. Akamdan o‘tin olib kelishlarini so‘ramoqchiman”.
Nazokat Xolmirzayevaning uyida gaz miltillab yonyapti. Ayol qaynota-qaynonasi va bolalari bilan birga yashaydi. Bolalardan biri ikki oylik chaqaloq, u ham shamollagan. Ona sovuq havo bolakayning salomatligiga jiddiy zarar yetkazishidan xavotirda.

Elektr isitgichdan tashqari ushbu oila zamonaviy tancha (sandal)dan ham foydalanadi: xontaxtaning tag qismiga cho‘g‘lanma lampochka qotirilgan, ustiga esa issiqlikni ushlab turishi uchun adyollar tashlangan.
“Bu muammolar bo‘yicha biror tashkilotga murojaat qilishimiz mumkinmi-yo‘qmi, shu haqda qaynotamdan maslahat so‘rasam, foydasi yo‘qligini aytyaptilar”, - deydi Nazokat Xolmirzayeva.

“Gaz juda past, ammo birinchi marta shunday bo‘layotgani yo‘q. Biz tuman gaz ta’minotiga ko‘p marta murojaat qildik”, - deydi “Xast Imom” mahallasida yashovchi Asomiddin Muhamedov. U hammasidan ham ko‘proq qahratonda isitish quvurlari muzlab, yorilib ketishidan xavotirda. Uydagi hamma xonalarda elektr isitgichlarni yoqib qo‘yish ham yechim emas, chunki bu holda yuzaga keladigan yuqori kuchlanish, uning aytishicha, elektr ta’minotining uzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Foto: Madina A’zam / “Gazeta.uz”
Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar «Gazeta.uz» nashriga tegishli. “Gazeta.uz” internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting