Markaziy bank 2024-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha mamlakat ko‘chmas mulk bozori sharhini taqdim etdi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat hududlarda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni ko‘paygan bo‘lsa, Toshkent shahrida o‘tgan yilga nisbatan, aksincha, kamaygan. Shuningdek, bu pasayishga qaramay, poytaxtda dinamika o‘rta muddatli darajada rivojlanmoqda.

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

Yanvar-mart oylarida 80,2 mingta oldi-sotdi shartnomasi tuzildi, bu 2023-yilning shu davriga (80,6 mingta) nisbatan biroz kamroq. Toshkent (-12 foiz), Navoiy viloyati (-19,5 foiz) va Qoraqalpog‘istonda (-12 foiz) o‘tgan chorakda boshlangan faollik pasayishi tendensiyasi davom etdi.

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

2023-yilda umumiy maydoni 14,1 mln kvadrat metr bo‘lgan 67,2 ming xonadon foydalanishga topshirildi, bu 2022-yildagi ko‘rsatkichdan kam (jami 14,6 mln kvadrat metr maydonga ega 72,1 ming xonadon). Ayni vaqtda yangi va ikkilamchi uy-joylarni sotish bo‘yicha e’lonlar soni ortib bormoqda.

Joriy qurilish ishlari dinamikasi uy-joy taklifining kelgusida yanada kengayib borishini ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, ijara bozorining maqbullashuvi va spekulyativ talabning qisman pasayishi sharoitida ushbu tendensiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarga o‘tish ehtimoli ortib bormoqda, deya qayd etgan Markaziy bank.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uy-joy ijarasi sektorida talab pasaymoqda. Ayni vaqtda ipoteka kreditlari bo‘yicha so‘rovlar biroz kamaygan, lekin avvalgi yillarning o‘rtacha darajasida bo‘lib qolmoqda.

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

Faollikning pasayishi asta-sekin ikkilamchi bozorda narxlar o‘sishining sekinlashuvida aks eta boshladi. Mart oyida ikkilamchi uy-joy narxlari 2023-yilning martiga nisbatan so‘mda 29,6 foizga, dollarda esa 17,7 foizga oshdi. Taqqoslash uchun: dekabr oyi yakuni bo‘yicha narxlar yillik hisobda so‘mda 35,1 foizga, dollarda esa 23 foizga oshgan.

Toshkent shahrida yanvar-fevral oylarida o‘sish sur’atlari 2023-yil darajasida bo‘lgan, ammo mart oyida taklif narxi biroz pasaydi. Umuman olganda, yil davomida poytaxtda ikkilamchi uy-joylarning narxi 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,98 mln so‘mdan 15,5 mln so‘mgacha yoki 41,2 foizga oshdi.

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

Birlamchi bozorning o‘sish sur’ati yuqoriligicha qolmoqda va poytaxtda, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida tezlashdi. Yillik hisobda yangi uy-joy narxlari so‘mda 39 foizga, dollarda esa 26,2 foizga oshdi. Regulyatorning ta’kidlashicha, yangi uy-joylarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish narxlarga bosimni keltirib chiqarayotgan bo‘lishi mumkin.

Taqqoslash uchun: dekabr oyi oxirida birlamchi bozorda uy-joy narxi yillik hisobda so‘m va dollarda mos ravishda 39,6 foiz va 26,9 foizga oshgan.

Ijara

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

Birinchi chorakda mamlakat bo‘ylab uy-joy ijarasi narxlari past va barqaror darajada shakllandi, deya qayd etdi Markaziy bank. Biroq “o‘tgan yilning boshida kuzatilgan past baza ta’sirining chiqib ketishi” sababli joriy narxlar yillik ko‘rsatkichlarda to‘g‘rilandi.

Toshkent shahrida taklifning oshishi bilan birga talabning kamayishi hisobiga narx bosimi pasayishda davom etmoqda. Respublika bo‘yicha ijaraga beriladigan uy-joylarning taklif narxlari so‘m indeksida 11,7 foizga (dollar hisobda 1,4 foizga) oshdi. Poytaxtdagi ijara narxi so‘m indeksida o‘zgarishsiz qolib, dollar indeksida 9 foizdan ko‘proqqa pasaydi.

Yer narxi

ijara, ko‘chmas mulk bozori, марказий bank, uy-joy bozori

Birinchi chorakda yer uchastkalari narxining o‘sish tendensiyalari o‘tgan choraklar dinamikasida qoldi. Yillik hisobda 100 kvadrat metr (bir sotix) yerning narxi 37,5 foizga (dollar indeksida — 24,9 foizga) oshib, 364 mln so‘mni tashkil etdi (2023-yil oxirida 362 mln so‘m edi).