Eron prezidentining “qattiq qo‘nishni” amalga oshirgan vertolyotini qidirish davom etmoqda
Bugun, 03:41

Eron prezidentining “qattiq qo‘nishni” amalga oshirgan vertolyotini qidirish davom etmoqda

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot Eron-Ozarbayjon chegarasi yaqinida “qattiq qo‘ndi”. Qidiruv noqulay ob-havo sharoiti va qorong‘ilik tufayli murakkablashgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zarurat bo‘lsa, yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Toshkent viloyatida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketdi
Kecha, 17:54

Toshkent viloyatida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Tarmoqlarda Angren tumanida yuk poyezdining 7 ta vagoni relsdan chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ holat xususiy kompaniyaga qarashli temiryo‘lda, yuk tushirish qoidalariga amal qilinmagani oqibatida sodir bo‘lganini bildirdi.

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi
Kecha, 17:27

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning 6 ta tumanidagi ayrim joylarda 20-may soat 09:00 dan 21-may soat 21:00 gacha ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu paytda rejali profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun va daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdiri nima bo‘ldi?
Kecha, 14:30

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun va daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdiri nima bo‘ldi?

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun Prezident administratsiyasida muhokamada, daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi esa jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kutilmoqda. “Jarayon to‘xtab qolgani yo‘q, masala dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q”, — dedi Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxanov.

Toshkentda Gentra TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushdi
Kecha, 10:31

Toshkentda Gentra TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushdi

Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushdi. Hodisa oqibatida haydovchi va 2 nafar yo‘lovchi shifoxonaga olib ketildi. Poytaxt YHXBning ma’lum qilishicha, Gentra Monza avtomobili bilan ham to‘qnashgan.

Toshkent viloyatida o‘raga tiqilib qolgan 5 yoshli bola qutqarildi
Kecha, 09:39

Toshkent viloyatida o‘raga tiqilib qolgan 5 yoshli bola qutqarildi

Toshkent tumanida 5 yoshli bola nazoratdan chetda qolgani sabab suv krani uchun o‘rnatilgan o‘raga tushib qoldi. FVB xodimlari uni sog‘ holda chiqarib, yaqinlariga topshirdi.

Yanvar-mart oylarida “chiroyli” avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshdi
Kecha, 09:30

Yanvar-mart oylarida “chiroyli” avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshdi

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragida “chiroyli” avtoraqamlar savdosi o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘proq — 212,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi
Kecha, 09:10

Surxondaryoda Cobalt urib yuborgan ikki boladan biri vafot etdi

Muzrabot tumanida svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Sobalt haydovchisi 2 nafar bolani urib yubordi. Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etdi.

Uzbekistan Airways Qanot Sharq aviakompaniyasidan ikkita A330 samolyotini ijaraga oldi
18 may 2024, 17:19

Uzbekistan Airways Qanot Sharq aviakompaniyasidan ikkita A330 samolyotini ijaraga oldi

Uzbekistan Airways Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasidan ikkita Airbus A330 samolyotini ekipajlar bilan ijaraga oldi. Bitim bir yil muddatga imzolandi.

Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etiladi
18 may 2024, 16:31

Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etiladi

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravarida boj belgilanmoqda. Shuningdek, endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyani qalbakilashtirish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.

Sportdagi korrupsiyaviy holatlar uchun alohida jinoiy javobgarliklar belgilanmoqda
18 may 2024, 14:02

Sportdagi korrupsiyaviy holatlar uchun alohida jinoiy javobgarliklar belgilanmoqda

Sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki ularni pora evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Senat tegishli qonunni ma’qulladi.

“Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga, Niyoz Ibodov esa 4 yilga qamaldi
18 may 2024, 12:18

“Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga, Niyoz Ibodov esa 4 yilga qamaldi

2023-yil dekabr oyida o‘tkazilgan reyd chog‘ida qo‘lga olingan Bahodir Sultonov va Niyoz Ibodovga sud hukmi o‘qildi. Ular juda ko‘p miqdorda tovlamachilik qilganlikda aybdor deb topilgan.

Kuchli yomg‘ir va shamol oqibatida 6 ta hududdagi qariyb 67 ming iste’molchi elektrsiz qoldi
18 may 2024, 11:42

Kuchli yomg‘ir va shamol oqibatida 6 ta hududdagi qariyb 67 ming iste’molchi elektrsiz qoldi

Qoraqalpog‘iston va 5 ta viloyatda 66 ming 750 ta iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzildi. Bunga joylarda kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir va shamol oqibatida 6−10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chib qolishi sabab bo‘lgan.

Senat Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
18 may 2024, 10:22

Senat Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar Soliq kodeksining 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 735 mlrd so‘m jarima solingan.

Xodimlarini haqorat qilgan Farg‘ona viloyati kadastr boshlig‘i hayfsan oldi
18 may 2024, 09:41

Xodimlarini haqorat qilgan Farg‘ona viloyati kadastr boshlig‘i hayfsan oldi

Zoom orqali o‘tkazilgan majlisda xodimlarini haqorat qilgan Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapovga hayfsan berildi. U yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.

Farg‘onada qo‘rqitib qo‘yish uchun yosh bolani mashina yukxonasiga qamab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17 may 2024, 21:26

Farg‘onada qo‘rqitib qo‘yish uchun yosh bolani mashina yukxonasiga qamab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida uyi derazasini tosh otib sindirgan qo‘shni bolani qo‘rqitib qo‘yish uchun mashinasi yukxonasiga solib harakatlangan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tabiiy chang — Toshkent havosi ifloslanishining asosiy sababi — Ekologiya vazirligi
17 may 2024, 20:46

Tabiiy chang — Toshkent havosi ifloslanishining asosiy sababi — Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi Toshkent atmosferasida PM2,5 zarrachalari ko‘payishining sabablarini sanadi. JB hamkorligidagi o‘rganishlarda havo ifloslanishi asosan tabiiy chang (36 foiz) tufayli yuzaga kelayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, issiqlik ta’minoti, transportlar va sanoat korxonalari ham o‘z ulushiga ega.

Qozog‘istonda Rossiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olish boshlandi
17 may 2024, 19:52

Qozog‘istonda Rossiya qonunchiligini buzgan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olish boshlandi

Qozog‘iston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima to‘lamagan O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozog‘iston va Rossiya ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.

Ziyorat turizmi, islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi
17 may 2024, 18:54

Ziyorat turizmi, islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish — O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri islom moliyasi, “Halol” sertifikatlashtirish, sun’iy intellekt, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Ziyorat turizmi bo‘yicha “Umra plyus” dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga tayyorligini aytdi.

Ukraina Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi
17 may 2024, 18:23

Ukraina Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘ldi

Ukraina qo‘shinlari Xarkov viloyatining shimolida Rossiya armiyasining hujumi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirdi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “bugungi kunda” Rossiyaning Xarkovni olish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting