O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosarlari soni ikki barobarga qisqartiriladi
24 dekabr 2022, 08:09

O‘zbekistonda bosh vazir o‘rinbosarlari soni ikki barobarga qisqartiriladi

Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosarlari soni sakkiztadan to‘rttaga qisqartiriladi, bosh vazir maslahatchilari lavozimlari tugatiladi. Bosh vazir o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida vazirlik va boshqa rahbarlik lavozimlarini egallashlari taqiqlandi.

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 taga qisqartirildi
24 dekabr 2022, 07:52

O‘zbekistonda vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 taga qisqartirildi

O‘zbekiston prezidenti vazirlik va idoralar sonini 61 tadan 28 taga qisqartirish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi. 20 ta idora butunlay tugatildi. Vazirliklarning yangi nomlari ro‘yxati.

Olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktiriladi
23 dekabr 2022, 23:27

Olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktiriladi

O‘zbekiston prezidenti huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktirilishi aytildi. Maqsad — yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat.

Nukus voqealariga oid yangi ish bo‘yicha sudda 39 nafar ayblanuvchi so‘zga chiqdi
23 dekabr 2022, 23:04

Nukus voqealariga oid yangi ish bo‘yicha sudda 39 nafar ayblanuvchi so‘zga chiqdi

Nukus voqealariga oid jinoyat ishi bo‘yicha sudda guvohlarni so‘roq qilish davom etmoqda. Joriy haftada 115 kishi, jumladan, alohida jinoiy ish bo‘yicha 39 nafar sudlanuvchi ko‘rsatuv berdi. Jamoat kafilligi ostida ozod qilingan yoki uy qamog‘iga o‘tkazilgan 107 nafar ayblanuvchi ham so‘roq qilinmoqda.

O‘zbekiston-Saudiya biznes forumida umumiy qiymati 6,4 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi
23 dekabr 2022, 22:07

O‘zbekiston-Saudiya biznes forumida umumiy qiymati 6,4 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 6,4 mlrd dollarlik hujjatlar imzolandi. Neft-gaz va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.

23 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 dekabr 2022, 22:00

23 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Deputatlik faoliyatini yakunlashini aytgan Rasul Kusherbayev, uning ketidan yana bir deputat ishda ketishga qaror qilgani, 2023 yilga qo‘shimcha dam olish kunlari, yana 60 tup daraxt kesib tashlangani, pora bilan ushlangan Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

O‘zbekistonda 2023 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi
23 dekabr 2022, 18:32

O‘zbekistonda 2023 yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2023 yilda qo‘shimcha ishlanmaydigan va dam olish kunlari belgilandi. Xususan, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi.

Samarqand Darvoza Yangi yilga tayyorlanmoqda
23 dekabr 2022, 18:00

Samarqand Darvoza Yangi yilga tayyorlanmoqda

Yangi yil arafasida Samarqand Darvoza savdo markazi mehmonlarni ajoyib bezaklar, bayramona dastur va brendlarning sovg‘alari bilan quvontiradi.

Nuriddin Zaynitdinov ham deputatlikdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi
23 dekabr 2022, 17:50

Nuriddin Zaynitdinov ham deputatlikdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi

Toshkent shahar Uchtepa tuman Kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov partiyadoshi Rasul Kusherbayevdan keyin deputatlikdan ketishga qaror qilganini ma’lum qildi. «Bu qaror vaqt masalasi edi», deb yozgan u. Avvalroq u bosim va provokatsiyalarga uchragani haqida xabar bergan edi.

Rasul Kusherbayev: «Parlamentga nisbatan bunday munosabatdan juda xafaman»
23 dekabr 2022, 17:38

Rasul Kusherbayev: «Parlamentga nisbatan bunday munosabatdan juda xafaman»

Deputat Rasul Kusherbayev Qalampir.uz`ga bergan intervyusida «ayrim idora va rahbarlar»ning parlamentga munosabatidan juda xafa ekanini aytdi. «Biz o‘zgarishlarni xohlaymiz. Ammo ko‘p joylarda ikkiyuzlamachilik bo‘lib yotibdi», dedi u va hech kimni ayblamasligini, lekin o‘zi aybdor ekanini qo‘shimcha qildi.

ACWA Power kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi
23 dekabr 2022, 16:51

ACWA Power kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Qoraqalpog‘istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurishi bo‘yicha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.

Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatildi
23 dekabr 2022, 14:43

Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun yodgorlik o‘rnatildi

Olmaotada yanvar voqealari qurbonlari xotirasi uchun o‘rnatilgan «Tag‘zim» yodgorligi ochildi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti qatnashdi. U fojiali hodisalarni doimo yodda tutish lozimligini, shu bois yodgorlik o‘rnatish haqida ko‘rsatma berganini ta’kidladi. Voqealar davomida 238 kishi halok bo‘lgandi.

«Bunday ishlay olmas ekanman». Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
23 dekabr 2022, 12:41

«Bunday ishlay olmas ekanman». Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining eng mashhur deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. «Bunday ishlay olmas ekanman, bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman», — deb yozadi u.

Toshkent viloyatida 60 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi
23 dekabr 2022, 12:40

Toshkent viloyatida 60 tupga yaqin daraxt kesib tashlandi

Toshkent viloyatining Krasnogorsk qishlog‘ida bir nechta mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 57 tup sog‘lom ko‘p yillik daraxt kesib ketildi. oktabr oyida tuman obodonlashtirish bo‘limi 73 ta qurib qolgan yoki qurib qolgan daraxtni kesish uchun DXAdan ruxsat so‘ragan. Quyi Chirchiqda ham 7 tup daraxt kesildi.

Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda
23 dekabr 2022, 12:00

Qashqadaryoda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda

Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan ushlangani aytilmoqda. U fuqaroni ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dam olish kunlari kam bulutli iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
23 dekabr 2022, 11:44

Dam olish kunlari kam bulutli iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni esa mamlakat hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo +7…+10 daraja, janubda +11…+13 darajagacha iliydi.

Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri nima sababdan OTMlarda ayollar o‘qishi taqiqlanganini aytdi
23 dekabr 2022, 11:27

Afg‘oniston oliy ta’lim vaziri nima sababdan OTMlarda ayollar o‘qishi taqiqlanganini aytdi

Afg‘oniston Oliy ta’lim vaziri ayollarning OTMga erkak hamrohsiz kelgani, hijob masalasi, aralash dars o‘tilgani va «islomga zid» fakultetda o‘qigani uchun ularga ta’qiq qo‘yilganini aytdi. Vazir bu haqda xalqaro hamjamiyatning fiklariga nisbatan mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha tushdi
23 dekabr 2022, 10:11

Banklarda dollarning sotish kursi 11 280 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 23 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 170 — 11 270 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksar banklarda 11 280 so‘m.

Panorama Airways Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi
23 dekabr 2022, 09:56

Panorama Airways Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysini amalga oshirdi

22 dekabr kuni Panorama Airways kompaniyasi 144 yo‘lovchidan iborat havo kemasida Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk aviaqatnovni amalga oshirdi. Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23 dekabr kuni Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Andijonda uy yonib ketishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘ldi
23 dekabr 2022, 09:32

Andijonda uy yonib ketishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘ldi

Andijonda xonadon yonib ketishi oqibatida uy egasining 3 nafar voyaga yetmagan farzandi halok bo‘ldi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting