Farg‘ona viloyatida yirik miqdordagi smartfonlar kontrabandasiga chek qo‘yildi, deya xabar qildi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Cobalt mashinasi Farg‘ona tumanidagi xonadon oldiga kelib to‘xtaganida belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Mashina avvaldan kuzatuvda bo‘lgan.

контрабанда, smartfonlar

Mashina salonda umumiy qiymati 367 million so‘m (29,5 ming dollardan ortiq) bo‘lgan ikki turdagi jami 270 dona Tecno Spark smartfonlari topilgan. Avtomobil salonida va xonadonda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan, deyiladi xabarda.