Agentlik va milliy marketpleysning birgalikdagi tashabbusi tufayli reabilitatsiya vositalariga muhtoj deb topilgan o‘zbekistonliklar ushbu vositalarni tanlashlari va Uzum Market buyurtma tarqatish punktlari mavjud bo‘lgan har qanday aholi punktiga yetkazib berish uchun buyurtma berishlari mumkin.

Subsidiyani rasmiylashtirishda muhtojlarga Uzum Market milliy marketpleysida reabilitatsiya tovarlari sotib olish uchun maxsus promokod ham beriladi. Servis sinov rejimida Toshkent va Samarqand viloyatining bir nechta shaharlarida mavjud bo‘lib, sinov muddati yakunlangandan so‘ng mamlakatning barcha hududlari aholisi zarur reabilitatsiya vositalarini sotib olish uchun vaucherlar olishi mumkin bo‘ladi.

“Bizning vazifamiz — nogironligi bor shaxslarga to‘liq tarzda hayot kechirishga yordam berish va ularni, bu qo‘ltiqtayoqlar, nogironlar aravachalari yoki yuzlab boshqa mahsulotlar bo‘lsin, barcha zarur reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashdir. Uzum Market milliy marketpleysi bilan hamkorlik orqali biz mamlakat bo‘ylab zamonaviy texnologik yechimlar va ulkan infratuzilmalardan foydalanishimiz mumkin. Bu esa minglab o‘zbekistonliklar uchun kundalik vazifalarni hal qilish, odatdagi turmush tarziga qaytish va hatto sevimli ishlari osonlashishini anglatadi”, — dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov.

uzum market, реклама

“Biz qurgan va rivojlantirishda davom etayotgan infratuzilma yordam berishi kerak — bu Uzum Market`ning ishlash tamoyillaridan bir. Va biz Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda boshlagan loyiha biz uchun muhim bo‘lgan ushbu tamoyilni aks ettiradi. 2024-yil biz butun mamlakat bo‘ylab 200 mingdan ortiq aholi punktlarini qamrab olgan holda buyurtma tarqatish punktlari tarmog‘ini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqdamiz, ya’ni yordam haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlar uchun yanada qulayroq bo‘ladi”, — dedi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

Muhtoj odamlar uchun barcha promokodlar telefon raqamlariga bog‘langan bo‘lib, faqat ishonchli sotuvchilarning mahsulotlariga amal qiladi. Promokod orqali o‘zbekistonliklar ma’lum toifadagi tovarlarni sotib olishda chegirma olishlari mumkin, shu bilan birga, promokoddan faqat bir marta prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bazasida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga bog‘langan hisob orqali foydalanish mumkin.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.