Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga tashrif buyurib, urush qatnashchilari holidan xabar olgandi. Shunda Sirdaryo viloyati hokimiga urush qatnashchisi uchun uy berishini topshirgandi.

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi.

101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.

Foto

иккинчи жаҳон urushи, сирдарё viloyati, uy sovg‘a qildi

иккинчи жаҳон urushи, сирдарё viloyati, uy sovg‘a qildi

иккинчи жаҳон urushи, сирдарё viloyati, uy sovg‘a qildi

иккинчи жаҳон urushи, сирдарё viloyati, uy sovg‘a qildi