Uzoq yillar MTRKning “Axborot” dasturida faoliyat yuritgan Abdurauf Qorjovov 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jurnalist uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

U 1956-yil 21-sentabrda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. 1981-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

1992−2019-yillarda MTRKda turli lavozimlarda, xususan, “O‘zbekiston 24” kanalida bosh muharrir sifatida ishlagan.

2020-yildan buyon “Yangi O‘zbekiston” gazetasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

1994-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist unvonini olgan. “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.