Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 1930−1938-yillarda sud hukmi bilan jazoga tortilgan 205 nafar shaxsga doir 12 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qildi.

Oliy sudga O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashlarining maxsus yig‘ilishining 1930−1938-yillardagi qarorlariga ko‘ra hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hududlarida aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar va qurolli qo‘zg‘olonlar, terrorchilik, banditizm va shpionaj sodir etish, Turkfront maxsus bo‘limi hay’ati hamda Butun Rossiya favqulodda komissiyasi prezidiumining maxsus yig‘ilishining 1920−1921-yillardagi qarorlariga ko‘ra hozirgi Farg‘ona viloyati hududida bosmachilik harakatida ishtirok etish hamda O‘zSSR Oliy sudining 1938-yildagi hukmiga ko‘ra partiya tashkilotlarida aksilsho‘ro faoliyatini amalga oshirganlikda ayblangan 198 nafar shaxsga oid 11 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida protestlar keltirildi.

2024-yil 6-may kuni Oliy sud raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ushbu protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 11 ta jinoyat ishi bo‘yicha 198 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining oqlov hukmlari chiqarildi.

SSRI Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930-yil 21-iyundagi hukmi bilan O‘zbekiston SSR Oliy sudi raisi lavozimida ishlagan Sa’dulla Qosimov va boshqalar (jami 7 kishi) O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga mol-mulkini musodara qilgan holda o‘lim va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan.

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining bugungi sud majlisida Sa’dulla Qosimovning nabirasi F.Sa’dullayev tomonidan ushbu hukm ustidan berilgan kassatsiya shikoyati hamda Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan ushbu jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan kassatsiya protesti ham ko‘rib chiqildi. Natijada S. Qosimov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan ayblov hukmi bekor qilinib, ularning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topilib, oqlandi.

2024-yil 6-may kuni Oliy sud tomonidan reabilitatsiya qilinib, oqlangan qatag‘on qurbonlari ro‘yxati

Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi Oliy sudi jinoyat sudlov hay’atining 1930-yil 21-iyundagi hukmiga ko‘ra:

  1. 1900-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali, 1 nafar farzandi bor, sudlanmagan, 1929-yil 3-martga qadar O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlagan, Toshkent shahri, Egarchilik mahallasida istiqomat qilgan Qосимов Sa’dulla Rashidovich O‘zbekiston SSR Jinot kodeksining (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;
  2. 1897-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, O‘zbekiston SSR Oliy sudining sobiq prokurori lavozimida ishlagan, muqaddam sudlangan Sharipov Badriddin O‘zbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 58-moddasi, 63-moddasi 1-qismi, 78-moddalari bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;
  3. 1866-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, Toshkent shahrining Eski shahar qismi sudyasi lavozimida ishlagan, muqaddam sudlanmagan Mirsagat Mirzakirov O‘zbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;
  4. 1884-yilda tug‘ilgan, boshlang‘ich ma’lumotga ega, xalq sudyasi lavozimida ishlagan, muqaddam Toshkent okrug sudining 1926-yil 15-apreldagi hukmi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Rustam Xodja Ibragim Xodjayev O‘zbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga;
  5. 1890-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, advokatlar kollegiyasi a’zosi bo‘lgan, muqaddam sudlanmagan Spirodonov Vyacheslav Petrovich O‘zbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;
  6. 1889-yilda tug‘ilgan, boshlang‘ich ma’lumotga ega, savdogar, muqaddam sudlangan, Toshkent okrug sudining 19.09.1929-yildagi hukmi bilan 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan Alimov Nasriddin O‘zbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, o‘lim jazosiga;
  7. 1893-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, savdogar, muqaddam sudlanmagan Samigjanov Akbar O‘zbekiston SSR JKning (1926-yilgi) 63-moddasi bilan aybli deb topilib, mol-mulki musodara qilinib, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanganlar.

Sudning hukmiga ko‘ra, Sa’dulla Qosimov 1924-yildan 1925-yilga qadar Toshkent viloyat sudining raisi hamda 1925-yil 23-dekabrdan 1929-yil 3-martga qadar O‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi lavozimida ishlab kelib, shaxsiy boylik orttirish maqsadida, talon-toroj, poraxo‘rlik, tizimli ravishda tamagirlik jinoyatlarini sodir etganlikda;

B. Sharipov 1927-yilda Buxoro okrug sudi raisi lavozimiga tayinlanib, milliy ozodlik harakatining (“bosmachilik”) faol ishtirokchisi bo‘lib, savdogarlar manfaatini ko‘zlagan holda S.Kacыmov bilan birgalikda sovet sudlaridan foydalangan holda, shuningdek sudsiz va tergovsiz “bosmachilar” niqobi ostida o‘n nafar aybsiz dehqonlarni otib tashlab, o‘zining harakatlari bilan dehqonlar ommasini sovet idoralariga qarshi yo‘naltirganlikda;

M. Mirzakirov 1922-yildan 1928-yilga qadar Toshkent shahrining Eski shahar qismida xalq sudyasi lavozimida ishlagan davrda, turli moddiy boyliklar evaziga firibgarlik va mansab soxtakorligi jinoyatlarini sodir qilishda Sa’dulla Qosimovga ko‘maklashib kelganlikda;

R. Ibragim Xodjayev 1922-yildan 1925-yil mart oyiga qadar Mirzacho‘l shahrining xalq sudyasi lavozimida ishlab, S.Kacыmovning xabardorligida va Sa’dulla Qosimov bilan til biriktirib, aholidan pora olish va ta’magirlik jinoyatlarini sodir etish, davlat va xususiy mulklarni o‘zlashtirish, doimiy ravishda pora evaziga noqonuniy hukmlar chiqarish, o‘sha davrda Toshkent okrug sudi rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sa’dulla Qosimovga doimiy ravishda pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida ko‘maklashganlikda;

V. Spiridonov 1921 — 1923-yillarda Toshkent shahri xalq sudyalari kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida, 1923−1929-yillarda esa advokat sifatida faoliyat ko‘rsatib, soxta hujjatlar hamda guvohlarning yolg‘on guvohligidan foydalanib, sudyalarga, shu jumladan Oliy sud raisi Sa’dulla Qosimovga pora berish orqali sud tizimini inqirozga uchrashida ko‘maklashganlikda;

N. Alimov “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol a’zosi sifatida tashkilotning barcha rahbarlari bilan qalin munosabatda bo‘lib, tuzilgan rejaga asosan, doimiy ravishda sovet tashkilotlarini, xususan sud va moliya idoralari xodimlariga spirtli ichimliklar ichdirib hamda ularga pora berib, Sa’dulla Qosimov bilan do‘stona munosabatda bo‘lib, ma’muriy va sud ishlarida o‘ziga tanish bo‘lgan savdogar hamda aksilinqilobchilarga nisbatan oqlov hukmi yoki yengil jazo tayinlanishiga erishganlikda;

A. Samigjanov “Milliy ittihod” aksilinqilobiy tashkilotining faol a’zosi va katta savdogar bo‘lgan holda Sa’dulla Qosimov va M.Mirzakirovlarga spirtli ichimliklar ichdirib, ulardan o‘zining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanib, jumladan Toshkent shahrining Eski shahar qismidan noqonuniy yerlarni olish va noqonuniy shartnoma rasmiylashtirishda M.Mirzakirov rahbar bo‘lgan xalq sudidan foydalanganlikda aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1931-yil 21-noyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1899-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Djumaniyazov Irniyaz;
  2. 1886-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Kurbanov Kosh;
  3. 1901-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Kabulov Nazar;
  4. 1895-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Avazmetov Abdulla;
  5. 1896-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Matchanov Bekchan;
  6. 1886-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Iskanderov Matchan;
  7. 1906-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Kachkarov Igamberdы;
  8. 1903-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Chandir-Kiyat qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Raximov Sharip;
  9. 1870-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilingan Babadjan Irniyaz;
  10. 1902-yilda Yangi Urganch tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Yangi Urganch tumani, Ala-Ulik qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Saurov Mayli O‘zSSR JKning 14−78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, ya’ni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Djumaniyazov Irniyaz va boshqalar bosmachilik aksilinqilobiy harakati a’zolari bilan doimiy aloqa o‘rnatishib, ularni o‘zlarining uylarida qabul qilishib, bosmachilik guruhlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab, sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga o‘zlarida saqlanib kelinayotgan qurollarni topshirmaslik hamda kollektivlashtirishga qarshi targ‘ibotlarni amalga oshirish orqali qarshilik ko‘rsatib kelishganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932-yil 5-noyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1881-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Otaliq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Matmuratov Matchanbek;
  2. 1896-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Saitniyazov Raimbergen;
  3. 1874-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Djumaniyazov Matyakub;
  4. 1869-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Sarыbakalov Mamadjan;
  5. 1895-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Bakalov Masharip Sarы;
  6. 1895-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Avshar qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Pirmanov Kurambay;
  7. 1875-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Adamov Raxmankul;
  8. 1891-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Babaniyazov Nurulla;
  9. 1870-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan Masharipov Ibragim Yuzbashi;
  10. 1911-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Yuqori Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Masharipov Pirdjan;
  11. 1881-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Avshar qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Atadjan;
  12. 1872-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Vaisov Mulla Kuryaz;
  13. 1881-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xazarasp tumani, Ashak Karvak qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Masharipov Madraim;
  14. 1871-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Pernauxas qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Sultanmuratov Djumaniyaz;
  15. 1870-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Masharipov Xudaybergen;
  16. 1870-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Avezov Matmurat;
  17. 1876-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 3 yilga ahloq tuzatish-mehnat muassasasiga jo‘natilgan Aminov Nazar Maxram;
  18. 1882-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdalniyazov Madaminjan;
  19. 1887-yilda tug‘ilgan, millati qozoq, Xiva tumani, Avez Dunyak qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Kosharov Mustafa-Kazak;
  20. 1873-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xiva tumani, Xiva shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Masharipov Xudaybergen;
  21. 1891-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Hazorasp tumani, Muxaman qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Allabergenov Djumaniyaz;
  22. 1876-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Durgadiq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Kalandarov Saur;
  23. 1890-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Ibragimov Yusup Xodja;
  24. 1871-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa shahrida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Axmetov Mulla Ibaydulla;
  25. 1871-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Ohunboboyev qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Abdukadыrov Abdushukur;
  26. 1866-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Polvon qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati inobatga olinib, qamoqdan ozod qilingan Yusupov Nurmat;
  27. 1865-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Tama-Durvadi qishloq sovetida yashagan, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan Masharipov Babadjan Maksum;
  28. 1893-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Atadjanov Ibragim;
  29. 1896-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdurasul Maxsum Ibadula Xodji;
  30. 1876-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Manak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Davletmuratov Yakshi Murat;
  31. 1910-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Arbek qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Atadjanov Abdы Ishan;
  32. 1895-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Arbek qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Atadjanov Usman Ishan;
  33. 1896-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Shovot tumani, Kurbak qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Nurmetov Ibadulla;
  34. 34). 1901-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Urganch tumani, Yuqori Bog‘ qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Artыkov Vais;
  35. 1874-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Urganch tumani, Yuqori Bog‘ qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Axmedov Usta Kalandar;
  36. 1891-yilda tug‘ilgan, millati turkman, Porsin tumani, Ildirshix qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Shagalov Safar;
  37. 1886-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Tashouz tumani, Kukchagar qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Durdыyev Safarbay;
  38. 1892-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Ilyalinskiy tumani, Kenges qishloq sovetida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Bekmuratov Berdы Klыch;
  39. 1886-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Xonqa tumani, Xonqa shahrida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Nurullayev Saydulla O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, ya’ni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Matmuratov Matchanbek va boshqalar 1931-yil fevral oyining boshlarida sovet hokimiyatini ag‘darish, unga qarshi qurollangan bosmachilik-isyonchilik kurashini tashkil etish hamda oldingi xonlik boshqaruvi tartibini tiklash maqsadida, Afg‘oniston hududidan Xiva hududiga o‘tgan Junaidxonning o‘g‘li Eshimxonning qurollangan guruhlarini kuchaytirish uchun yangi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida ular bilan aloqa o‘rnatganlikda ayblangan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932-yil 22-yanvardagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1895-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Rubat Xodja qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Sattarov Shanazar;
  2. 1877-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Shuristan qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Baltayev Bazar;
  3. 1891-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent tumani, Peshku qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Kadыrov Yarыkul;
  4. 1874-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent tumani, Mugulan qishlog‘ida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Klыchev Tursun Amin;
  5. 1874-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro shahri, Tobxana guzarida yashagan, 8 yilga konslagerga jo‘natilgan Mustafakulov Muxamed Kul;
  6. 1892-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Chuprak qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Ruziyev Xodji Murad Amin;
  7. 1869-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent shahri, Poxsa guzarida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Radjabov Mirza Axmed;
  8. 1886-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro shahri, Mirza Xamid guzarida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Adыlov Karы Daud;
  9. 1889-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro shahri, Kari Mustakim guzarida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xalikov Sabir;
  10. 1883-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Qassoblar qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Saibov Niyaz;
  11. 1913-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Kuli-Djuybar qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Nurullayev Ruzi;
  12. 1886-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Buxoro tumani, Buyro qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Raxmanov Mulla Safar;
  13. 1897-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Djandikon qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Turdыyev Bazar;
  14. 1903-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Djandikon qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Raxmatov Tyura;
  15. 1897-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Djandikon qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Katta Sheyxov Toksan;
  16. 1899-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Lyabirud qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Djalalov Xuseyn;
  17. 1871-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Chagdari qishlog‘ida yashagan, dastlabki qamoq muddati hisobga olinib, qamoqdan ozod qilingan Marufov Sharif;
  18. 1879-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Rubat Xodja qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Tursunov Murad;
  19. 1911-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Rubat Xodja qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Gadayev Nor;
  20. 1903-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Bauman tumani, Shuristan qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xaitov Xalim;
  21. 1898-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Chagdari qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Tyurayev Talip;
  22. 1881-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Vobkent tumani, Maxallya Ashxan qishlog‘ida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Sharipov Xamdam;
  23. 1895-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Karabag qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Nazarov Nor;
  24. 1889-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Saidon qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Xamrayev Normurat;
  25. 1885-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Karabag qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Xaydarov Barat;
  26. 1883-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Chagdari qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Fayziyev Djuma;
  27. 1908-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro tumani, Sufi-Kargar qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Periyev Saidkul;
  28. 1883-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, G‘ijduvon tumani, Vozirsha qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilinib, jazodan ozod qilingan Xayriyev Safar;
  29. 1899-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Eski Buxoro tumani, Sufi Kargar qishlog‘ida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natishga shartli hukm qilinib, qamoqdan ozod qilingan Norov Nigmat O‘zSSR JKning 78-moddasi (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, ya’ni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Klыchev Tursun Amin va boshqalar 1931-yilda Buxoro sektorining G‘ijduvon, Vobkent, Bauman va boshqa tumanlari hududida sovet hokimiyatiga qarshi qurollangan kurash olib borish maqsadida aksilinqilobiy bosmachilik guruhlarini tashkil etish, o‘z saflarini kengaytirib, keyinchalik Tojikiston hududida sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borayotgan Ibrohimbek laqayga borib qo‘shilish, aksilinqilobiy tashviqot olib borganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1932-yil 20-avgustdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1892-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10 yilga qonslagerga jo‘natilgan Tursunkulov Mumin;
  2. 1902-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Sayfullayev Lutfulla;
  3. 1877-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Berdыyev Kabыl Tangri;
  4. 1904-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xazratkulov Xasan;
  5. 1906-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xafizov Iskandar;
  6. 1902-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xafizov Ali;
  7. 1894-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abduraxmanov Bek-Ali;
  8. 1892-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Rashid;
  9. 1897-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Mukum;
  10. 1891-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xudoyarov Tura;
  11. 1896-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Xasanov Savran;
  12. 1897-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Abduraxmanov Dastan;
  13. 1895-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Berdыyarov Davran;
  14. 1900-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Alimov Turgun;
  15. 1904-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Niyazov Karabek;
  16. 1886-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Davranov Sindar;
  17. 1886-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Davranov Djaldыbay;
  18. 1907-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Tursunkulov Bazarbek;
  19. 1883-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Igamberdiyev Raimkul;
  20. 1900-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Uchli qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Adыlov Akilbek;
  21. 1892-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Uchli qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Adыlov Bayzar;
  22. 1884-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Abdullayev Irgash;
  23. 1871-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 5 yilga konslagerga jo‘natilgan Berdыyarov Ixlas;
  24. 1898-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Asman-Say qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Batыrov Aman;
  25. 1877-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Saxip;
  26. 1866-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Mirzayev Xafiz Maksum Mulla;
  27. 1872-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 3 yilga surgun qilingan Keldыbayev Aman;
  28. 1890-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Osmonsoy qishloq sovetida yashagan, 3 yilga konslagerga jo‘natilgan Kipchakov Barat;
  29. 1887-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Jizzax tumani, Yangi-qishloq qishloq sovetida yashagan, 10 yilga konslagerga jo‘natilgan Abdullayev Djura O‘zSSR Jinoyat kodeksining 66 (shpionaj), 67 (maxsus qo‘riqlanadigan davlat sirini tashkil etmaydigan iqtisodiy ma’lumotlarni to‘plash) va 78-moddalari (aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlar sodir etish, ya’ni jinoiy qilmishlarni sodir etish kabi og‘irlashtiruvchi holatlarsiz tartibsizliklarda ishtirok etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, M.Tursunkulov va boshqalar kelib chiqishiga ko‘ra boy, savdogar va urug‘ boshlari bo‘lgani holda, oktabr sotsialistik inqilobidan so‘ng Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ochiqdan-ochiq qarshilik ko‘rsatish, Xamroqulbek, Mella Dehqon, Xudoyor va boshqalarning bosmachilik to‘dalarida ishtirok etish, kolxozlardagi hokimiyatni egallab olib, sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat olib borish, ushbu maqsadlarda yashirin yig‘inlar o‘tkazib, ularda qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarish, sobiq bosmachilar bilan aloqa o‘rnatish, qurol-yarog‘ sotib olish uchun pul mablag‘lari yig‘ish masalalarini muhokama qilib kelganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1930-yil 3-yanvardagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1887-yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Umaraliyev Dadaboy;
  2. 1905-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Mirvali;
  3. 1896-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Rasulbayev Mamadjan Qori;
  4. 1898-yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbayev Mulla Axmed Ali;
  5. 1902-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Miryusupov Abdugapar;
  6. 1902-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Azimbayev Xadjimat;
  7. 1894-yilda To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Zakirxodjayev Kamildjan;
  8. 1910-yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, Kosonsoy tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Alinazarov Gaipberdi;
  9. 1911-yilda To‘raqo‘rgon tumanida tug‘ilgan, To‘raqo‘rgon tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Xaqnazarov Abuladjan;
  10. 1898-yilda Namangan tumanida tug‘ilgan, Namangan tumanida yashagan, 3 yilga konslagerga surgun qilingan Ishmatov Dжапарлар O‘zSSR Jinoyat kodeksining 58 va 78-moddalari (banditizm, sovet hududiga qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Umaraliyev Dadaboy va boshqalar 1929−1930-yillarda Namangan tumanida eski mahalliy boylar hisoblanib, Nosirxon to‘ra Kamolxonto‘ra ishiga aloqador shaxslar sifatida aksilinqilobiy harakati a’zolarini qo‘llab kelishib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1938-yil 16-fevraldagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1894-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Yusupov (Kazakov) Ismail;
  2. 1886-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Xudaybergenov Raxman;
  3. 1884-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Xaknazarov Artik;
  4. 1887-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Ibragimov Matriza;
  5. 1898-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Yusupov Qalandar;
  6. 1887-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Fazilov Abdulla;
  7. 1888-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Nakiyev Babadjan;
  8. 1885-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, 10 yilga konslagerga surgun qilingan Nakiyev Saidjan;
  9. 1882-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Nakiyev Askar;
  10. 1895-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Abduraxmanov Latip;
  11. 1881-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Tadjiyev Abdalniyaz;
  12. 1893-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Kurambayev Madraim;
  13. 1908-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Karimov Matyakub;
  14. 1880-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Matchanov Bekchan;
  15. 1881-yilda Xiva tumanida tug‘ilgan, Xiva tumanida yashagan, millati o‘zbek, otuvga hukm qilingan Abdullayev Atadjan O‘zSSR Jinoyat kodeksining 13, 58, 67-moddalari (sovet hududiga qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelish, aksilinqilobiy harakatlar sodir sodir etish) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Yusupov (Kazakov) Ismail va boshqalar 1937-yilda Xiva tumani, Jundiyon qishlog‘ida joylashgan “Xon Ismoil ota” masjidida yig‘ilishlar o‘tkazishib, aksilinqolibiy rejalarni tuzishgan hamda “Junaidxon”ni tanigan eski boylar sifatida qurolli to‘da shakllantirib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy harakatlar sodir etish maqsadlarida harakat amalga oshirishganlikda ayblanishgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining 1938-yil 4-fevraldagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  1. 1913-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Raximov Masharip;
  2. 1914-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kamalov Sabur;
  3. 1901-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Kuryazov Baba;
  4. 1910-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, otuvga hukm qilingan Matnazarov Safarbala;
  5. 1904-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Adambayev Atadjan;
  6. 1901-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Babadjanov Raim;
  7. 1901-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Abdukarimov Matyakub;
  8. 1908-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov Jumaniyaz;
  9. 1898-yilda Hazorasp tumanida tug‘ilgan, Hazorasp tumanida yashagan, 10 yilga mehnat tuzatish lageriga surgun qilingan Raximov Kurbanbaylar O‘zSSR JKning 78-moddasi (banditizm) bilan aybli deb topilgan.

O‘rta Osiyo birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi qoshidagi Uchlik Kengashining maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Raximov Masharip va boshqalar 1937-yilda Xorazm okrugi, Hazorasp tumanining Pichoqchi va Yuqori Muxomon qishloqlarida “Shokirbola” qurolli to‘dasiga birlashib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki banditizm maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblanishgan.

Turkfront maxsus bo‘limi hay’atining 06.11.1920-yildagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921-yil 27-oktabrdagi maxsus yig‘ilish qarorlariga ko‘ra:

  1. 1896-yilda Orenburg shahrida tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatida yashagan, otuvga hukm qilingan Doriomedov Andrey Ivanovich;
  2. 1902-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, millati o‘zbek, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sadikbayev Abdulladjan;
  3. 1887-yilda Pishpak shahrida tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Roksikov Nikolay Alekseyevich;
  4. 1900-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, 1 yilga konslagerga surgun qilingan Fedorov Mixail Dmitriyevich;
  5. 1892-yilda Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Arseneva Vladimir Mixaylovich;
  6. 1901-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Nikolskiy Viktor Ivanovich;
  7. 1901-yilda Farg‘ona viloyatida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Babayev Mulla Abdulladjan;
  8. 1875-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Shepelev Semena Vasilekich;
  9. 1895-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Barxash Lev Lvovich;
  10. 1881-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Gorodiskiy Konstantin Konstantinovich;
  11. 1878-yilda tug‘ilgan, Glodosoxa shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Yakovenko Fedor Titovich;
  12. 1865-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Nenzberg Vladimir Aleksandrovich;
  13. 1889-yilda Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Nikolskiy Andrey Ivanovich;
  14. 1885-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Vlasov Dmitriy Pavlovich;
  15. 1877-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Antipov Nikolay Danilovich;
  16. 1891-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sologub Anatoliy Nikolayevich;
  17. 1874-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Muxanov Aleksandr Vladimirovich;
  18. 1874-yilda tug‘ilgan, Jalolobod tumanida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Monstrov Konstantin Ivanovich;
  19. 1897-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 1 yilga konslagerga surgun qilingan Lazarev Aleksandr Ilich;
  20. 1886-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sitnyakovkiy Boris Nikonorovich;
  21. 1895-yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Sitnayakovskiy Aleksey Nikonorovich;
  22. 1898-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Pokrovskaya-Spirodonova Olga Dmitriyevna;
  23. 1888-yilda Eski Marg‘ilon shahrida yashagan, 2 yilga konslagerga surgun qilingan Rodziyevskiy Dmitriy Grigorevich;
  24. 1875-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Bezsonov Andrey;
  25. 1895-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Nikolkaya Lidiya;
  26. 1899-yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Shakirov Ikrom;
  27. 1870-yilda Skobelev shahrida yashagan, Turkiston o‘lkasidan surgun qilingan Lyali-Xodja-Turdi-Xodjayev;
  28. 1870-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, konslagerga surgun qilingan Shmatbayev Madat;
  29. 1870-yilda tug‘ilgan, Skobelev shahrida yashagan, konslagerga surgun qilingan Nishan-bibi Muxamed Saidov Turkiston hududida Madaminbek boshchiligidagi bosmachilik harakatida ishtirok etishda aybli deb topilgan.

Turkfront maxsus bo‘limi hay’atining 1920-yil 16-noyabrdagi hamda Butun Rossiya favkulodda komissiyasi Prezidumining 1921-yil 27-oktabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, A.Doriomedov va boshqalar 1919−1920-yillarda Farg‘ona o‘lkasida aksilinqilobiy harakati a’zolarini qo‘llab kelishib, sovet hududida qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakat amalga oshirish maqsadida “Madaminbek” boshchiligidagi bosmachilik harakati a’zolariga qo‘shilishib, ularni zaruriy razvedka ma’lumotlari hamda tovar ta’minotlari bilan ta’minlab turishganlikda ayblanishgan.

O‘zbekiston SSR Oliy sudining 1938-yil 13-fevraldagi hukmiga ko‘ra:

  1. 1892-yilda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, xizmatchi, ma’lumotga ega emas, oilali, Yangiyo‘l shahrida yashagan Ubaydulla Abdullayev;
  2. 1897-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, xizmatchi, Toshkent shahar, oktabr tumani, Qizilqo‘shin mahallasi 55-uyda yashagan Fatxulla Sagdullayev;
  3. 1905-yilda Farg‘ona viloyat, Qo‘qon shahri, Ikkinchi Beshariq mahallasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ma’lumotli, oilali, Toshkent shahar, oktabr tumani, Hamza ko‘chasi, 7-uyda yashagan Nabi Rabiyev;
  4. 1886-yilda Yangiyo‘l tumani Nav qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ma’lumotli, oilali, kolxozchi, Yangiyo‘l tumani Nav qishlog‘ida yashagan Muxiddin Muminxo‘jayev;
  5. 1903-yilda Farg‘ona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani, Shaxrixon qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ma’lumotli, oilali, Yangiyo‘l tumani Nav qishlog‘ida yashagan Juma Alibayev;
  6. 1886-yilda Farg‘ona viloyati, Lenin (Asaka) tumani, Ota qishlog‘ida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zSSR fuqarosi, ma’lumotli, oilali, Yangiyo‘l tumani Zangi-ota qishlog‘ida yashagan Mamatalibek Qosimov;
  7. 1903-yilda Farg‘ona viloyati, Stalin (Shaxrixon) tumani, O‘rta Shaxrixon qishlog‘ida tug‘ilgan, millati uyg‘ur, O‘zSSR fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, Yangiyo‘l tumani Nav qishlog‘ida yashagan Qambar Sodiqov O‘zbekiston O‘zSSR JKning 63-moddasi, 70-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda U.Abdullayev, J.Alibayev va M.Qosimovlarga otuv, N.Rabiyev, F.Sagdullayev, Q.Sodiqov, M.Mo‘minxo‘jayevlar turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar O‘zbekiston Markaziy partiya va sovetlar tashkilotlarida bir necha yildan buyon niqob ostida yurib, eski kapitalizm tarafdorlari, xalq dushmanlari va burjua millatchilari Akmal Ikromov, Boltaboy Shermuhamidov, Fayzulla Xo‘jayev va boshqalar O‘zbekistonning o‘sishiga chiday olmay, fashizm, kapitalizm davlatlariga koloniya qilib berishni o‘zlariga maqsad qilib, O‘zbekistonning ko‘plab tumanlarida, tuman partiya tashkilotlarida va sovet xo‘jalik tashkilotlarida o‘zlariga yaqin bo‘lgan maslakdoshlarini qo‘yish orqali o‘zlarining aksilinqilobiy maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilganlar.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining 1931-yil 23-sentabrdagi qaroriga ko‘ra:

  1. 1899-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, ma’mumotli, oilali, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan Fuzailov Sagdulla;
  2. 1897-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, ma’mumoti oliy, oilali, sobiq tadbirkor, Toshkent shahrida yashagan Arifxodjayev Ilxam;
  3. 1911-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, ma’mumotli, sobiq tadbirkor, muqaddam sudlangan, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjayev Madjid;
  4. 1911-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, ma’mumotli, Toshkent shahrida yashagan Ziyaxodjayev Xamid;
  5. 1911-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, SSRI fuqarosi, ma’mumotli, Toshkent shahrida yashagan Axmedov Djura O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 67-moddasi (yashirin kontrrevolyutsion tashkilotni tuzish) bilan aybdor deb topilib, S.Fuzailov, I.Arifxodjayevlar 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan (konslager) hamda M.Ziyaxodjayev, X.Ziyaxodjayev, D.Axmedovlarga dastlabki tergov davomida qamoqda bo‘lishgani sababli, jazodan ozod etilgan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi Muxtor vakili qoshidagi Alohida kengashining qaroriga ko‘ra, yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslar 1930-yilda “EKFB” (Ekapchilar Birligi) kontrrevolyutsion tashkilotiga a’zo bo‘lib, sovet hukumatiga qarshi yashirin ravishda faoliyat olib borishgan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930-yil 5-maydagi qaroriga ko‘ra:

  1. 1872-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, 2 nafar farzandi bor, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Tyuraxodja Kalimbetov;
  2. 1872-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchak tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, molboqar, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Shila Davlet;
  3. 1905-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Nasratdin Sadulla;
  4. 1860-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Akmamet Sadubay Ishan;
  5. 1867-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Sara Xodjakeyev;
  6. 1964-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, diniy va dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullangan, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekmanov Adabay;
  7. 1900-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Naizeyev Djamil;
  8. 1895-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Daumbetov Seitnazar;
  9. 1894-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №8-sonli ovulda yashagan Yusup Axun Xodjayev;
  10. 1902-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Pirnazar Kaatan;
  11. 1885-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotli, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Biyxodja Kalimbetov;
  12. 1897-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Djababergen Kadirbergenov;
  13. 1898-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Musa Kadirbergenov;
  14. 1911-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Gaib Shardjanov;
  15. 1904-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Abaydulla Raushanov;
  16. 1882-yilda Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida tug‘ilgan, millati qoraqalpoq, SSRI fuqarosi, ma’lumotga ega emas, oilali, dehqon, Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumani №9-sonli ovulda yashagan Bekbergen Toshanov RSFSR Jinoyat kodeksining 58.8 va 58.11-moddalari (kontr-revolyutsiya maqsadlarida terrorchilik aktini sodir etish, ishchilar sinfi va revolyutsion harakatlarga faol qarshi kurashish) bilan aybdor deb topilib, mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda Sh. Davlet, T.Kalimbetov, S.Xodjakeyevlarga otuv, S.Nasradin, B.Kadimbetov, D.Kadirbergenov, M.Kadirbergenov, G. Sharjanov, S.Akmamet, A.Bekmanov, D.Nayzeyev, S.Daumbetov, Yu.Xodjayev, K.Pirnazar, A.Raushanov, B.Toshanovlar turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengash qaroriga ko‘ra, T.Kalimbetov va boshqalar yillar davomida Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati, Kipchoq tumanida kontrevolyutsiyaviy sovet ittifoqiga qarshi faoliyat olib boruvchi terroristik guruh tuzib, uning faoliyatiga rahbarlik qilish hamda Turkiston SSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati hududidagi Djunaidxon boshchiligidagi boshqa isyonchi guruhlar bilan aloqa qilish hamda Qipchoq tumanidagi №9-sonli ovuldagi sovet hokimiyatini qurol bilan ag‘darib o‘zini-o‘zi Xon deb e’lon qilishga urunishda ayblanishgan.