3-may kuni Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Jarayon Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida amalga oshirildi.

элчихона, қирғизистон

Ikki mamlakat bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

“Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov mamlakatlar va qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdi. Ular elchixondagi faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi”, — deyiladi xabarda.