2024-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 48 582 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 900 taga kamaygan. 2021-yilning mos davri bilan taqqoslanganda 11,3 mingtaga kamaygan. Bu haqda Statistika agentigi ma’lum qildi.

”никоҳ"

2024-yil yanvar-mart oylari davomida qayd etilgan nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 23,3 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 28,2 yoshni tashkil etgan. Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohlarning 77,2 foizini tashkil etgan.

”никоҳ"

2024-yil yanvar-mart oylarida qayd etilgan nikohdan ajralishlar soni 11,5 mingtani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 3,7 mingtaga yoki 1,5 barobarga ko‘payganligi kuzatildi.

2024-yil yanvar-mart oylarida farzandsiz nikohdan ajralishlar soni 5301 tani (46,2 foiz), 1 nafar farzand bilan ajralishlar soni 3402 tani (29,6 foiz), 2 va undan ortiq farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 2778 tani (24,2) tashkil etgan.

Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi 2024-yilning yanvar-mart oylarida erkaklar uchun 37,4 yoshni, ayollar uchun 32,5 yoshni tashkil etgan. Nikohdan ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lgan ajralayotgan ayollarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajrashganlarning 62,5 foizini tashkil etgan.