Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 19-aprel kuni odam o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Haydovchi M.T. (1986-yilda tug‘ilgan) o‘z boshqaruvidagi Volkswagen avtomashinasini N.Xolmatova ko‘chasida boshqarib borayotib, haydovchi M.M. (2003-yilda tug‘ilgan) boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Spark avtomashinasi haydovchisi M.M. jarohatlar bilan hodisa joyida halok bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Spark haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish oqibatida qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgani va to‘g‘risidan kelayotgan mashina bilan YTH sodir etganini ko‘rish mumkin.