Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik atlet tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ikki urinish natijasiga ko‘ra, 47 yoshli Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. U faqatgina fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi.

Shu tariqa sportchi qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor bo‘lgandi.

Tayanib sakrash, ayollar:

  1. Kolin Devallar (Fransiya) — 13.683;
  2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 13.433;
  3. Linmin Yu (Xitoy) — 13.383.

Foto: MOQ.

U Jahon kubogining Kotbus shahrida (Germaniya) o‘tgan birinchi bosqichida 13.016 ball bilan bronza medali sohibi, Dohada o‘tgan ikkinchi bosqichda ham 12.916 ball bilan bronza medali egasi bo‘lgandi.