16 fevral kuni tushdan keyin Toshkentning Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasi Talabalar ko‘chasida beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt IIB YHXB matbuot xizmati.

аvaрия, йўл-транспорт ҳодисаси, тошкент

Spark, Damas, Cobalt va ikkita Lacetti ishtirokidagi to‘qnashuvida hech kim jabrlanmadi. Mashinalar turli darajada shikastlangan.

Hodisa sababi ma’lum qilinmagan. Holat yuzasidan Toshkent IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.