Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Bosh prokuratura akademiyasi bino va inshootlari auksionga qo‘yildi. E’lon E-auksion saytiga joylandi.

Keltirilishicha, lotning boshlang‘ich narxi 171,5 milliard so‘m, bo‘nak puli (zakalat) esa 8,5 milliard so‘mni tashkil etadi. Umumiy maydoni 9560 kvadrat metr bo‘lgan binoda suv, elektr, gaz va kanalizatsiya mavjud.

Ma’lumot uchun, auksion 20 fevral kuni 10:00 da o‘tkaziladi va arizalar shu kuni soat 9:00 gacha qabul qilinadi.