Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqildi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Senatorlar tomonidan Shuhrat Muhammadovich Mahmudov, Rustam Rahmonovich Haydarov va Djamol Jahonovich Choriyev 10 yil muddatga Oliy sudning sudyasi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimlaridan ozod etildi.