Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 918 909 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 723 372 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 068 278 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 127 259 nafarni tashkil qildi.

21 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 47 882 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 21 163 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 641, 3-bosqich emlanganlar 12 078 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (344 657 doza), Namangan viloyatida (340 317 doza), Andijon viloyatida (332 141 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 385 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 21 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106 847 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 383 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 102 546 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 720 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.