26 iyul kuni erta tongda Londonda yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda JCH g‘olib va sovrindorlarini qarindosh va yaqinlari, Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari, jamoatchilik va muxlislar kutib oldi.

Sportchilar jahon birinchiligida uchta oltin va to‘rtta kumush medalni qo‘lga kiritib, jahon va Osiyo rekordlarini o‘rnatishdi.

Doniyor Soliyev.

Uch hatlab sakrashda jahon chempioni va Osiyodagi eng yaxshi natija sohibi Doniyor Soliyev 2017 yilgi jahon chempionati O‘zbekiston uchun juda muvaffaqiyatli kechganini ta’kidladi.

Aleksandr Svechnikov muxlislari bilan.

Paralimpiya o‘yinlari-2016 oltin medal sohibi, nayza uloqtirish bo‘yicha jahon chempioni va jahon rekordi muallifi Aleksandr Svechnikov o‘z g‘alabasiga unchalik ishonch bildirmaganini aytib o‘tdi. «Raqiblarga yetarli baho bermaslik mumkin emas. O‘z g‘alabamga uncha ishonmagan edim, biroq halol g‘alabani qo‘lga kiritdim, deb hisoblayman. Har yili yangi sportchi, ertaga nima bo‘lishini bilmaysan. Barcha mashhur sportchilar ham qachondir tushadi va men bu haqda hozircha o‘ylaganim yo‘q, g‘olib bo‘lishni istayman va tamom», — dedi sportchi.

Nozima Qayumova — nayza uloqtirishda kumush medal sohibasi.

Sofiya Burxanova — disk va yadro uloqtirishda kumush medallar sohibasi.