Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIda harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi bir hafta davom etadi.

Ko‘rgazma 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekiston Prezidenti va mamlakatning barcha viloyatlaridan 500 nafar urush va mehnat faxriylari ishtirokida tantanali marosim o‘tkazildi.

Institut bog‘ida 1941−1945 yillar muhiti hukmron — okop va blindajlar qurilgan. Texnika va qurol-aslahalardan avtomobillar, tanklar, samolyotlar, zambaraklar, pulemyotlar va boshqalar namoyishga qo‘yilgan.

Foto