Hayot haqida
hikoya qiluvchi qo‘llar
Hayot haqida
hikoya qiluvchi qo‘llar
Insonning butun hayoti qo‘l bilan bog‘liq: tug‘ilishi bilan uni qo‘lga olib, beshikka belaydilar, vafot etgach, qabristonga qadar qo‘lda ko‘tarib borib, go‘rkovning qo‘li bilan qazilgan qabrga tushiradilar. Mazali taom yeganlar - oshpazga “qo‘lingiz shirin ekan” deb, darddan xalos bo‘lganlar - shifokorga “qo‘lingiz yengil ekan” deb, xizmatdan ko‘ngli to‘lganlar - ustaga “qo‘lingiz gul ekan” deb rahmat aytadi.

Qo‘llar insonning mavqei va mashaqqatlaridan hikoya qiladi. Kaftlardagi chizig‘u yoriqlar, dog‘u chandiqlar kishilarning turmushi, kasb-koridan darak beradi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Madina A’zam mana shunday qo‘llarning “gapiruvchi suratlari”ni bir loyihada jamlashga qaror qildi.

G‘oya 2023-yil boshidagi anomal sovuq kunlarda tug‘ilgan. Fotosuratchi qor kurayotgan obodonlashtirish xizmati xodimlarini kuzatarkan, ularning aksari bir harakatni takrorlayotgani - “kuh-kuh”lab qo‘llarini isitayotganiga e’tibor qaratgan.
“Shunda ularning qo‘llarini suratga tushirish fikri paydo bo‘ldi. Qor kurayotganlarning oldiga yaqinlashib, qo‘llarini suratga tushirish uchun ruxsat so‘radim. 49 yoshli bir ayol samimiyat ila rozilik bildirdi: uning barmoqlari sovqotib qizargan, yoriqlar ham tushib ulgurgandi… Shu sabab bo‘ldiyu, yo‘limda uchragan har kimning qo‘liga diqqat bilan qarab, ma’no izlaydigan bo‘ldim”, - deydi Madina A’zam.
Fotosuratchi salkam uch oy davomida turli yoshdagi turfa kasb egalari - shinamgina ofisda o‘tirib ishlaydigan xodimlardan tortib to hojatxona tozalovchilarga hammaning - qo‘llarini birma-bir suratga tushirdi. Suratlar asosan Toshkent shahrida olingan.
Qo‘l kimniki ekanini ko‘rish va izohlarni o‘qish uchun suratlar ustiga bosing
реклама
реклама
реклама
реклама
Suratlar muallifi: Madina A’zam / «Gazeta.uz».
Matn va barcha grafik materiallarga bo‘lgan huquqlar «Gazeta.uz» nashriga tegishli. «Gazeta.uz» internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting