Foto: Karimov fondi
16-fevralning 16 lahzasi
1999-yilda portlash yuz bergan joylar o‘tgan 24 yil ichida qanchalik o‘zgargan?
Bundan 24 yil avval yuz bergan ketma-ket besh portlash Toshkentni larzaga keltirgandi. Qaysidir ma’noda O‘zbekistonning kelgusiga rivojlanish yo‘liga ham ta’sir ko‘rsatgan ushbu hodisa rasmiylar tomonidan prezident Karimov hayotiga suiqasd deya baholangan edi.

«Gazeta.uz» 1999-yilning 16-fevral kuni portlashlar yuz bergan joylarda olingan foto va videomateriallarni 2023-yil fevralidagi manzaralar bilan taqqosladi. Ularda terakt nishoniga aylangan nuqtalar bugungi kunga kelib qanchalik o‘zgarganini ko‘rish mumkin.
Bundan 24 yil avval yuz bergan ketma-ket besh portlash Toshkentni larzaga keltirgandi. Qaysidir ma’noda O‘zbekistonning kelgusiga rivojlanish yo‘liga ham ta’sir ko‘rsatgan ushbu hodisa rasmiylar tomonidan prezident Karimov hayotiga suiqasd deya baholangan edi.

«Gazeta.uz» 1999-yilning 16-fevral kuni portlashlar yuz bergan joylarda olingan foto va videomateriallarni 2023-yil fevralidagi manzaralar bilan taqqosladi. Ularda terakt nishoniga aylangan nuqtalar bugungi kunga kelib qanchalik o‘zgarganini ko‘rish mumkin.
Birinchi portlash soat 10:40 da Ichki ishlar vazirligi binosi yaqinida, Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar oldida yuz bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, to‘q qizil rangli “Zaporojets” mashinasiga o‘rnatilgan qo‘lbola “bomba”ning og‘irligi 200 kilogrammgacha yetishi mumkin edi.

Portlash to‘lqini 200 metr masofadagi obyektlarga jiddiy zarar yetkazgan, xususan, yaqin-atrofdagi binolarning oynalari chil-chil bo‘lgan; odamlar orasidagi aksariyat jarohatlanishlar aynan siniq shisha parchalarining uchib kelishidan edi. Portlash o‘rnida eni 3,1, chuqurligi 1,2 metrlik o‘ra paydo bo‘lgan.
Ikkinchi portlash soat 10:55 da Sharof Rashidov ko‘chasidagi “Nodirabegim” (sobiq “Iskra”) kinoteatri qarshisida yuz bergan. Bu yerda ham og‘irligi 200 kilogramm atrofida bo‘lgan qo‘lbola “bomba” o‘rnatilgan “Zaporojets” portlagan. Portlash o‘rnida eni 3 metrcha, chuqurligi 1 metrcha bo‘lgan o‘ra paydo bo‘lgan.

Shu kuni Sharof Rashidov - Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borgan yo‘l-patrul xizmati xodimi Ikrom Quliyevning xotirlashicha, Matbuotchilar ko‘chasidan otilib chiqqan oq avtomobil “Nodirabegim” kinoteatrining oldiga yetganida portlab ketgan va havoga ko‘tarilib, yo‘lning qarama-qarshi tarafiga tushgan.
Oradan uch daqiqa o‘tib uchinchi portlash yuz bergan - soat 10:58 da Vazirlar Mahkamasi binosiga asosiy kirish joyi yaqinida ichiga og‘irligi taxminan 400 kilogramm atrofida bo‘lgan portlovchi uskuna o‘rnatilgan GAZ-21 “Volga” avtomobili portlagan. Portlash oqibatida eni taxminan 3,5 metr, chuqurligi 1,2 metr bo‘lgan o‘ra paydo bo‘lgan.
реклама
реклама
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi binosi oldidagi portlash oqibatida kamida bir kishi (ichki ishlar organi xodimi) halok bo‘lgan. Portlash arafasida “Volga”dan tushib, qo‘lida avtomat bilan qochgan terrorchilar otishma keltirib chiqargan va bu otishma vaqtida daydi o‘qdan talaba qiz halok bo‘lgan.
Soat 11:20 da Milliy bankning bosh binosi oldida to‘rtinchi portlash sodir etilgan. Oq rangli “Zaporojets”ga o‘rnatilgan taxminan 200 kilogramm atrofidagi “bomba”ning harakatga kelishi oqibatida 200 metr masofadagi bino va inshootlarga jiddiy zarar yetgan.

“Bo‘rilar to‘dasi” kitobi muallifi Oleg Yakubovning yozishicha, eng ko‘p qurbon ham aynan Milliy bank oldidagi portlashda yuz bergan - hodisa oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgan.
So‘nggi, beshinchi portlash esa Abdulla Qahhor ko‘chasidagi 22-uyda yuz bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shahar bo‘ylab portlatilgan to‘rtta avtomobil aynan shu hovlidan chiqib ketgan. Soat 12:00 da hovlida qolgan barcha portlovchi moddalar - taxminan 1000 kilo atrofida - bittada portlatilgan, terrorchilar shu yo‘l bilan jinoyat izlarini yashirishga uringan.
реклама
реклама
1999-yilgi suratlar va kadrlar O‘zMTRK videolari, Islom Karimov jamg‘armasi, Toshkent shahar IIBB Shon-sharaf muzeyi, Getty Images (Richard Vayman)dan olindi. 2023-yil 16-fevraldagi suratlar muallifi — Madina A’zam / «Gazeta.uz». Vazirlar Mahkamasining 2023-yilgi suratlari uchun bosh vazir matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramiz.

«Gazeta.uz» internet-nashrida e’lon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting