RIA Novosti — Rossiya va Qrim respublikani Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi haqida bitim tuzishdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qrim Oliy Kengashi rahbari Vladimir Konstantinov, respublika Bosh vaziri Sergey Aksenov va Sevastopol shahar kengashining rahbari Aleksey Chaliy Qrimni RF tarkibiga kirishi haqida bitimga imzo chekishdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Qrim parlamenti mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi, 16-martda esa Qrimning maqomini belgilash borasida referendum o‘tkazildi. Uning nutijalariga ko‘ra Qrim Oliy kengashi muxtoriyatning mustaqilligi haqida qaror qabul qildi. Mazkur qarorda Qrimni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olish haqida murojaatnoma ham qabul qilingan.