Unda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Farhod Magametov so‘zga chiqib, 2011-yil yakunlari va 2012-yilda amalga oshiriladigan ishlar xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

2012-yilgi O‘zbekiston kubogi bahslari 23-martdan boshlanib, final uchrashuvi 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Musobaqalari olti bosqichda o‘tkaziladi, ya’ni, juftliklar 1/32, 1/16, 1/8, 1/4, yarim final va final bosqichlarida kuch sinashadilar.

Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zbekiston kubogi finalining mukofot jamg‘armasi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra 2012-yilgi kubok egasi 100 million, finalchi esa 50 million so‘m bilan taqdirlanadigan bo‘ldi, deb xabar berdi Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston kubogining final uchrashuvlari

1992-yil “Navbahor” – “Temiryo‘lchi” 0:0 pen. 6:5
1993-yil “Paxtakor” – “Navbahor” 3:0
1994-yil “Neftchi” – “Yangiyer” 2:0
1995-yil “Navbahor” – MHSK 1:0
1996-yil “Neftchi” – “Paxtakor” 0:0 pen. 5:4
1997-yil “Paxtakor” – “Neftchi” 2:2 qo‘shimcha vaqt 1:0
1998-yil “Navbahor” – “Neftchi” 2:0
1999-2000 yy. “Do‘stlik” – “Samarqand-Dinamo” 4:1
2000-2001 yy. “Paxtakor” – “Neftchi” 2:1
2001-2002 yy. “Neftchi” – “Paxtakor” 3:3 qo‘shimcha vaqt 0:3
2002-2003 yy. “Paxtakor” – “Nasaf” 3:1
2004-yil “Paxtakor” – “Traktor” 3:2
2005-yil “Paxtakor” – “Neftchi” 1:0
2006-yil “Paxtakor” – “Mash’al” 2:0
2007-yil “Paxtakor” – Quruvchi” 0:0 pen. 7:6
2008-yil “Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:1 qo‘shimcha vaqt 2:0
2009-yil “Paxtakor” – “Bunyodkor” 1:0
2010-yil “Bunyodkor” – “Sho‘rtan” 1:0
2011-yil “Paxtakor” – “Nasaf” 3:1

Demak, “Paxtakor” 11 marotaba, “Navbahor” 3 marotaba, “Bunyodkor” 2 marotaba, “Neftchi” 2 marotaba va “Do‘stlik” 1 marotaba O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan.