O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA Ijroiya qo‘mitasining 2012-yilgi 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazish huquqini olib qo‘yishi borasidagi qarorini to‘g‘ri qabul qildi va hurmat bilan munosabatini bildirdi.
17-18-dekabr kunlari Toshkent viloyati Pskent tumanida o‘zbek milliy sport o‘yinlaridan bo‘lmish uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi respublika kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.
FIFA kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boshqa davlatga berish haqida qaror qabul qildi.
18-dekabr kuni Yaponiyada futbol klublari bo‘yicha jahon chempionati uchun o‘tkaziladigan “Barselona” va “Santos” jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinini Ravshan Ermatov boshqaradi.
Toshkentda qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Musobaqa Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Toshkentning “Bunyodkor” klubi 2012-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) guruh bosqichida Yaponiyaning “Gamba Osaka” va Avstraliyaning “Adeliada Yunayted” klublariga qarshi bahs olib boradi.