16 декабр, душанба Ob-havo Zira

Спорт

Nafisa Mo‘minova Vetnamdagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi 

«HDBank Cup International Open Chess Tournament — 2014» xalqaro turnirida dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan sakson nafar shaxmatchi o‘zaro raqobatlashdi.

Malayziyadagi penchak silat bo‘yicha chempionatda o‘zbekistonliklar yettita medalni qo‘lga kiritdi 

O‘zbekiston terma jamoasi hisobida — ikkita oltin, uchta kumush va ikkita bronza medallar.

Og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi 

Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari to‘rtta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘smirlar Osiyo chempionatida 8 ta medalga sazovor bo‘ldi 

Eronning Dizin shahrida tog‘ chang‘isi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbekiston II yozgi o‘smirlar Olimpiada o‘yinlariga yana bitta yo‘llanma oldi 

Tailandda o‘smir-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati bahslari natijasida og‘ir atletika bo‘yicha qizlar terma jamoasi ham Nankin-2014 o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston — BAA futbol bo‘yicha uchrashuvi durang bilan tugadi 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 ochko bilan o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi va Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi 

5-mart kuni Paralimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda paralimpiyachilar sharaflandi 

Dubayda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turnirida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 8 oltin va 3 kumush medalni qo‘lga kiritdi.

OK-2015 O‘zbekiston- BAA saralash bahsi chiptalari sotuvga chiqdi 

Chiptalarni «Bunyodkor» stadionining kassalaridan, onlayn yoki mobil telefon orqali sotib olish mumkin.

O‘zbek paralimpiyachisi Osiyo rekordini yangiladi 

Dubayda paralimpiyachilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Gran­-pri turnirida Faxriddin Hamroyev 1500 metrni 4 daqiqayu 03,94 soniyada yugurdi.

Dzyudochi Shuhrat Arslonov Germaniyada bronzani qo‘lga kiritdi 

Shuhrat Arslonov Dyusseldorfdagi (Germaniya) Gran-Pri turnirida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Boks bo‘yicha yoshlar terma jamoasi Anapada oltita medalni qo‘lga kiritdi 

Rossiyaning Anapa shahrida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda ikkita kumush, to‘rtta bronza qo‘lga kiritildi.