Янгиликлар

2 апрель 2012, 12:27

Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati onlayn muloqot o‘tkazadi

3-aprel kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet tarmog‘ida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

29 март 2012, 21:29

O‘zbekiston Ummonga imkoniyatni boy berdi

Olimpiada-2012 saralash Osiyo mintaqasi pley-off bosqichi yakuniga yetdi. So‘nggi uchrashuv O‘zbekiston va Ummon olimpiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

27 март 2012, 22:04

O‘zbekiston pley-offni irodali g‘alaba bilan boshladi

Olimpiada-2012 saralash Osiyo mintaqasi pley-off bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Suriya-O‘zbekiston uchrashuvi Vadim Abramov shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

27 март 2012, 13:35

Gaz tarifi 14 foizga oshadi

1-apreldan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste’molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda.

27 март 2012, 10:23

Toshkentda Bahodirlar o‘yinlari jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab Bahodirlar o‘yinlari jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

27 март 2012, 10:22

SHHT MATT Kengashi majlisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida 27-mart kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining navbatdagi 20-majlisi bo‘lib o‘tadi.

27 март 2012, 10:20

“O‘zbekneftegaz”: “Tojiktransgaz” bilan shartnoma to‘liq bajarildi

O‘zbekiston tomonidan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishning to‘xtatilishi borasidagi fitnalar hech qanday asosga ega emas, dedi “O‘zbekneftegaz” matbuot xizmati.

27 март 2012, 10:18

Navoiyda xayriya nikoh va sunnat to‘ylari o‘tkazildi

25-martda Navoiy viloyatida “1000 ta nikoh to‘yi va 1000 ta sunnat to‘y” xayriya loyihasi boshlandi.

25 март 2012, 14:52

Jizzaxda “Qadriyatlarni qadrlaymiz” festivali o‘tkazildi

24-mart kuni Jizzaxda “Qadriyatlarni qadrlaymiz” yoshlar festivali o‘tkazildi. U Kamolot harakati viloyat kengashi, viloyat hokimligi xotin-qizlar qo‘mitasi va “Mahalla” fondi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

25 март 2012, 12:34

26-30-mart kunlari uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 26-mart kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida vaqt-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

21 март 2012, 00:15

Toshkentda “Chevrolet Malibu” taqdim etildi

Toshkentda 20-mart kuni “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan “Chevrolet Malibu” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

19 март 2012, 19:26

21-mart ish kuni deb e’lon qilindi

21-mart chorshanba dam olish kuni 22-mart payshanba kuniga, 25-mart yakshanba dam olish kuni esa 23-mart juma kuniga ko‘chirildi.

19 март 2012, 15:26

Prezident chet ellik hamkasblarini Navro‘z bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bir qator davlat rahbarlarini kirib kelayotgan bahor bayrami – Navro‘z bilan tabrikladi.

19 март 2012, 15:23

Hasharda 17,5 million kishi ishtirok etdi

O‘zbekistonda o‘tgan dam olish kunlari o‘tkazilgan va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ikki kunlik xayriya hasharida 17,5 million kishi qatnashdi.

18 март 2012, 12:23

Prezident rahbarlarni aholi dardiga e’tiborliroq bo‘lishga chaqirdi

Har bir rahbar aholining dardi bilan yashash, o‘z ishiga tanqidiy qarash, qonunga so‘zsiz itoat qilish kabi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak, dedi Islom Karimov.

18 март 2012, 11:39

Hasharda 8 million kishi qatnashdi

O‘zbekistonda shanba kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq xayriya hasharining birinchi kunida 8 milliondan ko‘p kishi ishtirok etdi.

18 март 2012, 11:34

Rahmonbek Usmonov Toshkent hokimi etib tayinlandi

O‘zbekiston Prezidentining 16-martdagi qarori bilan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

14 март 2012, 19:44

“Asrlar sadosi-2012” Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladi

“Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivali bu yil 5-6-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida o‘tkaziladi.

14 март 2012, 19:38

May oyida “O‘zbekiston nefti va gazi” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi 15-17-may kunlari Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi” (OGU-2012) 16-xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish haqida hujjat tasdiqladi.

13 март 2012, 19:10

GFR mudofaa vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasining mudofaa vaziri Tomas de Mezyer boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


"Газета.uz"да рўйхатдан ўтиш

Қўшимча имкониятларга эга булиш учун сайтда рўйхатдан ўтинг